» » O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlarining dastlabki kunida 6 mingdan ziyod abituriyent testga kelmadi

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlarining dastlabki kunida 6 mingdan ziyod abituriyent testga kelmadi


O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarining 2-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi kungi test sinovlarida jami 118 500 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi kerak edi. Amalda 112 188 nafar abituriyent testda ishtirok etish uchun keldi. 6312 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra testda ishtirok etmadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi, deb yozmoqda O‘zA.

Imtihonga kirish payti tekshirilgan 4 nafar abituriyent tana harorati yuqori bo‘lgani sababli testga kiritilmadi. Ular bilan tibbiyot xodimlari shug‘ullandi.

Shuningdek, qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramasdan, abituriyentlar tomonidan imtihonga o‘zlari bilan turli elektron qurilmalar — mobil telefonlar, mikrokalkulyatorlar, quloqchin, elektron soatlar, turli “shpargalka”larni olib kirish holatlari kuzatildi.

Bundan tashqari, 59 nafar abituriyent test sinovidan chetlashtirildi. Ularning 33 nafari uyali telefonlarni, 4 nafari qo‘lbola yasalgan elektron qurilmalarni yashirin olib kirishga uringan. 5 nafari tana qismlariga “shpargalka” yopishtirib kirmoqchi bo‘lgan. 5 ta holatda abituriyent o‘rniga boshqa shaxslar kirishga urinib ko‘rgan, 1 ta holatda ruxsatnoma qalbakilashtirilgan. 4 ta holatda abituriyentlar bir-biriga yordam bergani uchun testdan chetlatilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan imtihonlar ilk kunining birinchi smenasida 37 nafar abituriyent testdan chetlashtirilgani, kirish imtihonlarining birinchi kunidayoq telefondan foydalanish holatlari kuzatilgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют