» » O‘zbekistonda 2-sentabr kuni 304 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanish holatlari ikki oylik minimumga tushdi

O‘zbekistonda 2-sentabr kuni 304 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanish holatlari ikki oylik minimumga tushdi


O‘zbekistonda 1-sentabr soat 23:30 dan 2-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 304 ta holat qayd etildi. Bu 3-iyuldan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Ketma-ket to‘qqizinchi kun kasallanganlar soni 400 nafarga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 42540 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 304 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 4 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Oxirgi marta 5-iyul kuni to‘rt hududda yangi kasallanish holatlari aniqlangandi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlangani, karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda ushbu raqam nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

Toshkent shahrida 189 kishida koronavirus aniqlandi. Sentabrning birinchi kunida Toshkentda 218 kishida COVID-19 qayd etilgandi. Hozirda poytaxtda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 25 959 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 61 foizi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

SSV Toshkent shahrida 2 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, Xorazm viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

Birinchi o‘lim. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Xo‘jayev Oybek Otanazarovich 1-sentabr kuni 44 yoshida vafot etdi. O‘zA’ning xabar berishicha, Xo‘jayevda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bemor ma’lum vaqtdan buyon kasallikdan davolanayotgan bo‘lgan.

Oybek Xo‘jayev 1976-yil Xorazmda tug‘ilgan va 2018-yil noyabr oyidan buyon Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgandi. SSVning ma’lum qilishicha, Oybek Xo‘jayev Xorazmda vafot etgan. Bu Xorazm viloyatida koronavirus oqibatidagi 2-o‘lim holatidir. Viloyatdagi birinchi o‘lim haqida 11-iyul kuni ma’lumot berilgandi. O‘shanda Shovot tumanida yashovchi 56 yoshli erkak vafot etgandi.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 65 yoshli M.A. ismli erkak vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashagan 64 yoshli A.U. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 77 yoshli N.A. ismli ayol vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashagan 63 yoshli N.X. ismli ayol vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 329 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 340 nafarni tashkil etmoqda.

SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2328 nafar bemordan 365 nafari og‘ir, 176 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

2-sentabr kuni O‘zbekistonning 5 ta hududida 219 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. 21-avgustdan buyon sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 42 540 nafar bemordan 39 883 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda. Besh kundan buyon davolanish ko‘rsatkichi 93 foiz bo‘lgandi. Bu eng yuqori natija hisoblanadi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют