» » Foto: Avstraliyada yuz bergan o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini aks ettiruvchi kosmosdan olingan suratlar

Foto: Avstraliyada yuz bergan o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini aks ettiruvchi kosmosdan olingan suratlar


Kosmosdan olingan suratlar Avstraliyada 2019-yilda yuz bergan o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini aks ettirgan, deya xabar bermoqda Sciencealert.

Avstraliyaning Geospatial Intelligence aerofototahlil kompaniyasi Yangi Janubiy Uels shtati hukumati bilan hamkorlikda yong‘inlardan oldingi va keyingi holatni ko‘rsatuvchi loyihani amalga oshirdi.

Avstraliyada 2019-yilning yozida boshlangan o‘rmon yong‘inlari 186 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan hamda 34 kishining va milliardlab hayvonlarning umriga zomin bo‘lgan.

Suratlarda keng yashil hududlar hozir cho‘l qiyofasini olganini ko‘rish mumkin. Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, suratlar rasmiylarga landshaft, o‘simlik dunyosi va infratuzilma haqida muhim ma’lumotlarni beradi.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, suratlar juda aniq bo‘lib, bir pikselda bir yarim kvadrat metr maydonni aks ettiradi. Suratlar keyingi yong‘inlarga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etadi va yong‘in xavfi ortgan mavsumda mas’ul organlarga yordam beradi.

Mavzuga doir: Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari sababli favqulodda holat rejimi joriy qilindi (foto) 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют