» » “‘Novichok’ — bu Putin”. Leonid Volkov Aleksay Navalniyning zaharlanishi haqida

“‘Novichok’ — bu Putin”. Leonid Volkov Aleksay Navalniyning zaharlanishi haqida


Siyosatchi Aleksey Navalniyning “Novichok” orqali zaharlanishida Rossiya hukumati aybdor. Bu haqda Navalniyning mintaqaviy shtab tarmog‘i rahbari Leonid Volkov o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

“‘Novichok’ — bu Putin. Bu ‘dorixonada saqlanadigan’ narsa emas. Bu ishlab chiqarish va butun dunyoda taqiqlangan substansiya. Skripal zaharlanganidan keyin bu modda tasavvurdagi va tasavvur qilib bo‘lmaydigan barcha taqiqlangan ro‘yxatlardan joy olgan. ‘Novichok’ — bu terrorchilik akti. Bu jinoyat joyiga qon bilan yozib ketish yoki ‘Yarosh vizitkasi’dan zo‘rroq”, — deb yozadi Volkov.

Uning fikricha, Navalniyni o‘ldirish rejalashtirilgan, biroq bir qator omillar — ichkari va tashqaridan ulkan bosim, S7 samolyoti uchuvchisining to‘g‘ri qarori, ijrochilarning omadsizligi va faqatgina taxmin qilish mumkin bo‘lgan yoki biz bilmagan omillar Aleksey Navalniyning omon qolishiga sabab bo‘ldi, deydi Volkov.

“Men rostdan ham jahon hamjamiyatidan boshqa hech kim, hech qachon, hech qanday sharoitda Vladimir Putinga qo‘l bermasliklarini juda xohlayman. Alal oqibat bu shunchaki xavfsiz emas”, — deb yozadi Leonid Volkov.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy 20-avgustdan buyon koma holatida. Komadagi dastlabki ikki kunni siyosatchi Rossiyaning Omsk shahridagi klinikada o‘tkazdi, shundan so‘ng u Berlinga olib ketildi. Siyosatchining safdoshlari hodisaning boshidan buyon uning zaharlanganini aytib kelmoqda. Ularning gumon qilishicha, rossiyalik shifokorlar siyosatchining organizmida zahar izini topish qiyin bo‘lishi uchun uni ataylab klinikada ushlab turgan va ketishiga ruxsat bermagan bo‘lishi mumkin.

“Sharite” klinikasi shifokorlari Navalniy yetib kelganidan keyin ikki kun o‘tib uning xolinesteraza ingibitorlari guruhidan bo‘lgan modda bilan zaharlanganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Germaniya hukumati Navalniy “Novichok”ga o‘xshash modda bilan zaharlanganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют