» » Prezidentning virtual qabulxonasiga Mirzo Ulug‘bek tumani aholisidan salkam 19 ming murojaat kelib tushdi

Prezidentning virtual qabulxonasiga Mirzo Ulug‘bek tumani aholisidan salkam 19 ming murojaat kelib tushdi


28-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida sayyor qabuli tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ochiq muloqotda sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, markaziy idora va tashkilotlar, bank-moliya muassasalari, poytaxt va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimliklarining rahbar va mas’ul xodimlari fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini tinglab, ularni hal qilishga kirishdi.

Sayyor qabulda tumanda murojaatlar bilan ishlash, odamlarning dard-u tashvishlarini tinglab, muammolariga yechim topish borasidagi ishlar tahlil etilib, yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar keskin tanqid qilindi.

Qayd etilishicha, bugunga qadar Prezidentning virtual qabulxonasiga Mirzo Ulug‘bek tumani aholisidan 18 ming 840 murojaat kelib tushgan. Shundan 6892 tasi bevosita tuman hokimligiga tegishli bo‘lib, ularning 87,4 foizi ko‘rib chiqilgan, qolganlari ijroda.

Qabulda qizg‘in bahs-munoraza, yuzma-yuz, ochiq va oshkora muloqotlar asnosida qator muammolarga yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish, tekshirish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari o‘zlariga tegishli har bir masala yechimi uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-04-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют