» » Samaradan 922 nafar o‘zbekistonlik poyezdda Samarqandga olib kelindi

Samaradan 922 nafar o‘zbekistonlik poyezdda Samarqandga olib kelindi


Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan Rossiyaning Samara viloyatidan 922 nafar o‘zbekistonlik poyezdda Samarqand shahriga olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning Samara viloyatidan olib kelish uchun Toshkent—Kinel—Toshkent yo‘nalishida temiryo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, 31-avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” poyezdi 922 nafar o‘zbekistonlik bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan.

Mazkur poyezd 2-sentabr kuni Samarqand shahriga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga yetkazildi.

Avvalroq Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 28-avgustdan boshlab Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samaraga har hafta poyezd jo‘natilishi haqida xabar berilgandi.

Bunga qadar Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan 927 nafar, Samara viloyatidan 918 nafar o‘zbekistonlik poyezd orqali mamlakatga olib kelingan. 9-avgustda Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirilgan. Shuningdek, shu kuni boshqa bir poyezd Samaradan Samarqandga o‘zbekistonliklarni olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют