» » “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Maryam Uzerli yana ona bo‘ladi

“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Maryam Uzerli yana ona bo‘ladi


“Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram sulton roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Maryam Uzerli farzandli bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda aktrisaning o‘zi ma’lum qilgan, deb yozadi “Kinoteka”.

Ta’kidlanishicha, aktrisa bir necha yildan beri amerikalik erkak bilan uchrashadi va u bilan oila qurish arafasida. U munosabatda bo‘lgan insoni kimligini aytishni istamagan, ammo chaqaloqning jinsi va homilasi nechanchi oydaligini ma’lum qilgan.

“Homiladorlikning beshinchi oyidaman. Nasib qilsa, qizimiz yanvarda dunyoga keladi. Lara 7 yoshda va u anchadan beri singil yoki ukasi bo‘lishini istardi. O‘z oilamizni quramiz”, — degan Maryam Uzerli.

Ma’lumot uchun, Maryamning Lara ismli 7 yashar qizi bor. Otasi biznesmen Jan Atesh undan voz kechgani sabab Uzerlining o‘zi qizini katta qiladi. Ona-bola Germaniyada yashaydi. Qizi film, reklamalarda suratga tushadi va onasi bilan birga suratga tushish maydonchasida ishtirok etadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют