» » Sardor Rashidov jamoasi Qatar chempionatida mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi

Sardor Rashidov jamoasi Qatar chempionatida mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi


Futbol bo‘yicha Qatar yulduzlar Ligasining 2020/21-yilgi mavsumiga 3-sentabr, payshanba kuni start berildi.

Mavsumning ilk o‘yinida “Qatar SK” “Al-G‘arafa” maydoniga safar qildi va 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib, chempionatni mag‘lubiyat bilan boshladi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik hujumkor yarim himoyachi Sardor Rashidov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi va sariq kartochka ishlab oldi.

Xavi qo‘l ostidagi “As-Sadd” safarda 5 ta gol urib g‘alaba qozondi. Santi Kasorladan dubl (video)

Qatar yulduzlar Ligasi

1-tur bahsi

“Al-G‘arafa” — “Qatar SK” 2:0

Gollar: 1:0 – 7 Ahmed A’la Eldin, 2:0 – 52 Sofyan Hanni.

Ogohlantirish: Sardor Rashidov (43), Nosir Bahsh (53), Sofyan Hanni (60).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют