» » O‘zbekistondagi imtihonlarning 2-kuni 6 nafar soxta abituriyent aniqlanib, 75 nafar abituriyent esa imtihon jarayonida testdan chetlatilgan

O‘zbekistondagi imtihonlarning 2-kuni 6 nafar soxta abituriyent aniqlanib, 75 nafar abituriyent esa imtihon jarayonida testdan chetlatilgan


Davlat test markazi 3-sentabr kungi test sinovlari haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, 3-sentabr kuni 65 ta obyektda test sinovlari 1-smenada soat 08:00 da boshlanib, 11:00 da, 2-smena esa soat 17:00 da boshlanib, 20:00 da tugagan. Faqat Namangan viloyatida ob-havo tufayli 2-smena imtihoni soat 18:30 da boshlanib, 21:30 da tugagan.

Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 117 ming 919 nafar abituriyentdan 112 ming 103 nafari, ya’ni 95,1 foizi qatnashgan, 5 ming 695 nafar abituriyent testga kelmagan. 6 nafar abituriyentning tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgani sababli, ularga ruxsat berilmagan.

Mavzuga doir: Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarining ikkinchi kuni — suratlarda

40 nafar abituriyent hududga kirish joyida imtihondan chetlatilgan. Ularning 28 nafari telefon, 3 nafari shpargalka olib kirishga harakat qilgan, 9 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan.

75 nafar abituriyent esa imtihon jarayonida testdan chetlatilgan. Bu abituriyentlarning 62 nafari telefon va elektron qurilmalar, 7 nafari shpargalkadan foydalanishga harakat qilgani, 4 nafari esa test materiallarini olib chiqib ketishga harakat qilgani, 2 nafari boshqa shaxsning o‘rniga kirgani uchun chetlatilgan.

Shuningdek, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan 6 nafar soxta abituriyent jarayondan chetlatilib, ularga Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda choralar ko‘rilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют