» » Farg‘onada 4 kunda 40 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi

Farg‘onada 4 kunda 40 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi


Farg‘ona viloyatida OTMlarga kirish imtihonlarining dastlabki to‘rt kunida 40 nafar abituriyent imtihonga uyali telefon, qo‘lbola elektron qurilma yoki “shpargalka” olib kirishga uringani uchun test sinovidan chetlashtirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, takroriy ogohlantirishlarga qaramasdan, abituriyentlar tomonidan imtihonga o‘zlari bilan turli elektron qurilmalar — mobil telefonlar, mikrokalkulyatorlar, quloqchin, elektron soatlar, turli “shpargalka”larni olib kirish holatlari kuzatilmoqda.

2020-yil test sinovlari viloyatdagi “Istiqlol” hamda “Neftchi” stadionlari, Farg‘ona davlat universiteti sport majmuasi, Marg‘ilon shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi, Qo‘qon shahridagi va So‘x tumanidagi markaziy o‘yingohlarda o‘tkazilmoqda.

Mazkur stadionlarda abituriyentlar uchun 7 170 ta joy tayyorlangan. Kirish imtihonlarida 122 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etadi.

Test sinovlari kuniga ikki martobadan tashkil etilib, imtihonlarga bir kunda 14 340 nafar abituriyent qatnashishi ko‘zda tutilgan. Test sinovlari o‘tkaziladigan markaziy stadionlarga kuzatuv kameralari o‘rnatilib, imtihon jarayonlari onlayn translyatsiya qilinmoqda.

Imtihonlar vaqtida barcha abituriyentlar yetarli miqdorda qadoqlangan ichimlik suvi, ruchka, antiseptik vositalar, tibbiy qo‘lqop hamda niqob bilan ta’minlanmoqda.

Davlat test markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi boshlig‘i Ismoil Shokirovning ma’lum qilishicha, viloyatda test sinovlarini 10 kunda yakunlash rejalashtirilgan. So‘x tumanida esa oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 2—3-sentabr kunlari o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida viloyat hududida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Shahar-tumanlar markazlarida maxsus “Abituriyentlar bekati” tashkil etilgan. Viloyat hokimligi ko‘magida 300 ta avtobus ajratilib, ichki ishlar boshqarmasi va shahar-tumanlar hokimliklari hamkorligida abituriyentlar o‘z vaqtida imtihonlar o‘tkaziladigan stadionlarga yetkazilmoqda. Test sinovlari yakuniga yetgach, barcha abituriyentlar yana o‘z manzillariga yetkazib qo‘yiladi.

Farg‘ona shahar hokimining farmoyishiga asosan 2-sentabrdan boshlab imtihonlar bo‘lib o‘tadigan sport majmualari va o‘yingohlar oldidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 07:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют