» » Qora ritsar, bokschi va suv ostidagi Uber: Yovvoyi tabiat fotosuratchilar nigohida (foto)

Qora ritsar, bokschi va suv ostidagi Uber: Yovvoyi tabiat fotosuratchilar nigohida (foto)


“Nature inFocus Photography Awards 2020” tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi. Hakamlar hay’atining yuqori baholariga sazovor bo‘lgan Osiyodagi yovvoyi tabiatning ajoyib suratlari bilan siz ham tanishing.

Ushbu hasharot oddiygina palma daraxtining zararkunanda qo‘ng‘izi. Mofid Abu Shalvaning “Bokschi” surati “Hayvonlar portreti” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ganesh Choudxuri Ganga daryosidagi delfin surati uchun “Hayvonlar portreti” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Ushbu hayvon yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lib, Qizil kitobga kiritilgan.

Magnus Lundgren “Avtoto‘xtatuvchi” surati bilan “Hayvonlarning xatti-harakati” nominatsiyasida boshqalarga o‘rin qoldirmadi.

Kafr shoxli qarg‘asi – ushbu oilaga mansub eng katta va haqiqiy yirtqich qush. Fotosuratchi Varun Takkarning ishi “Hayvonlarning xatti-harakati” nominatsiyasida alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.

Yashpal Ratxorning Bangalor ustidan uchib o‘tayotgan “Qora ritsar” deb nomlangan surati tanlovning Gran-prisi hamda “Yovvoyi peyzaj va hayvonlarning yashash sharoiti” nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Fotosuratchi Krishnendu Mitra pandemiya davrida o‘zini-o‘zi yakkalash tajribasi tufayli atrofda yuz berayotgan voqealarni diqqat bilan o‘rganib chiqish imkoniyatidan foydalandi. “Shahar hayoti” surati “Tabiatni muhofaza qilish masalalari” nominatsiyasida alohida e‘tiborga sazovor bo‘ldi.

Hind karkidoni ushbu kadrda suratga tushish uchun o‘zi yashaydigan bog‘ning tashqarisiga chiqdi. Sumabrata Mulikning “Kunga chiqish” surati “Hayvonlar portreti” nominatsiyasida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

“Tabiatni muhofaza qilish masalalari” nominatsiyasida Shkirant Mannepurining “O‘lim doirasi” eng yaxshi kadr deb topildi.

Fillar terisini sog‘lom saqlash va parazitlardan himoyalanish uchun changga burkanadi va bu ularning issiq havodan salqinlashiga ham yordam beradi. Surat muallifi Sitara Kartikeyan “Yosh fotosuratchilar” nominatsiyasiga loyiq deb topildi.

Digant Desai “Yovvoyi peyzaj va hayvonlarning yashash sharoiti” nominatsiyasida “Nemo va aktinlar” surati bo‘yicha esdalik sovg‘a bilan taqdirlandi.

Ba’zan tabiat hayratomuz lahzalar bilan lol qoldiradi. Nayan Jioti “Tundagi sarob” surati bilan “Tabiatning ijodiy ishi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

“Tabiatning ijodiy ishi” nominatsiyasining ikkinchi o‘riniga esa noodatiy surati bilan Gagandip Mataru loyiq ko‘rildi.

Abxikram Shexavatning “Ishonchda hamkorlik” “Yosh fotosuratchilar” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni oldi.

“Osmondagi tuzoq” – Abhijit Addya “Tabiatni muhofaza qilish masalalari” nominatsiyasida yutuqqa erishdi. Kalkutta yaqinidagi suv-botqoq ovchilarning makoniga aylangan bo‘lib, ular bu yerga qushlarni tutadigan tuzoq to‘rlarni o‘rnatgan.

Magnus Lundgrenning “Suv ostidagi Uber” asari hakamlar tomonidan “Yovvoyi peyzaj va hayvonlarning yashash sharoiti” nominatsiyasiga mos deb topildi.

Ganesh Choudxarining “Gangadagi o‘lim” surati “Tabiatni muhofaza qilish masalalari” nominatsiyasida alohida e’tiborga loyiq deb topildi.

“Hayvonlar portreti” nominatsiyasi g‘olibligi Ripan Bisvasning “Yomg‘irlar mavsumida ko‘payish” suratiga nasib etdi.

“Quyoshni tut” asarining muallifi Sumit Adxikariy “Yosh fotosuratchi” nominatsiyasida e’tiborga loyiq deb topildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют