» » Hamzat Chimayevning UFC’dagi navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum

Hamzat Chimayevning UFC’dagi navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum


UFC jangchisi Hamzat Chimayev navbatdagi jangini 19-sentabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda MMAJunkie xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Hamzatga amerikalik tajribali jangchi Jerald Mershert raqiblik qiladi.

Shuningdek, o‘sha kuni Tayron Vudli — Kolbi Kovington va Donald Serrone — Niko Prays janglari ham bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joiz, UFC prezidenti Deyna Uayt AQShdagi jangdan so‘ng Chimayevning Dubaydagi “Jangchilar oroli”da Demien Mayyaga qarshi jang o‘tkazishini ta’kidlagan.

Hamzat shu paytgacha UFC’da 2 ta jang o‘tkazgan va 2 ta g‘alabaga erishgan. Mershert esa 11 ta jang o‘tkazib, shularning 6 tasida zafar quchgan.

Hamzat Chimayev ishtirokidagi janglarni bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют