» » Samarqandda abituriyentlarga 100-200 dollardan yashirin aloqa vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi

Samarqandda abituriyentlarga 100-200 dollardan yashirin aloqa vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi


Samarqandda abituriyentlar uchun qo‘lbola aloqa vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

5-sentabr kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv hamkorligi hamda Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida abituriyentlar test sinovlari jarayonida foydalanishi uchun qo‘lbola usulda maxsus yasalib, ichki kiyimlarga o‘rnatiladigan aloqa vositalarini 100-200 AQSh dollaridan sotayotgan 29 yoshli U. ismli shaxs aniqlandi.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi abituriyentlarni test sinovlarida foydalanish taqiqlangan buyumlarni o‘zlari bilan imtihonga olib kirmasliklari bo‘yicha ogohlikka chaqirgan.

Avvalroq O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan imtihonlarning ilk kunida 59 nafar abituriyent, ikkinchi kuni esa 115 nafar abituriyent testdan chetlashtirilgani, kirish imtihonlarining birinchi kunidayoq telefondan foydalanish holatlari kuzatilgani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga doir: IIV qanday holatlarda abituriyent imtihondan chetlatilishini eslatib o‘tdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют