» » Farg‘onada Damas velosipedchini urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada Damas velosipedchini urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi


Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida Damas avtomobili yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib ketdi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2020-yil 30-avgust kuni fuqaro Y.X. boshqaruvidagi Damas avtomashinasini “Yangi hayot” MFY hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan fuqaro T.Y.ni urib yuborgan. Oqibatida T.Y. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют