» » Habib Nurmagomedov: “Jastin Getjini nokautga uchratmoqchiman”

Habib Nurmagomedov: “Jastin Getjini nokautga uchratmoqchiman”


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

24-oktabr kuni raqibimni nokaut qilishga harakat qilaman. Ikkinchi yoki uchinchi raundda jangni tugatmoqchiman. Getjining parterda nima qila olishga qiziqyapman. Uni hech kim bilan parterda ko‘rmaganmiz. Chidamlilik nuqtayi nazaridan men o‘zimni undan ikki bosh baland deb hisoblayman. Ammo zarba berishda... Ko‘pchilik mening zarbalarimga shubha qiladi. 12 yildan beri professional janglar o‘tkazaman. Va bu vaqt ichida menda hatto oddiy shilinish va shunga o‘xshash narsalar bo‘lmagan. Jastin Getji esa ikki marta nokautga uchragan. Unga katta zarar yetkazilgan. U kuchli va chidamli jangchi. Ammo ich ichimdan zarba berish texnikasida ham undan bir bosh baland ekanimga ishonaman.

Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

Eslatib o‘tamiz, Habib va Getji o‘rtasidagi jang 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tadi.

Habib oxirgi jangini 2019-yilning sentabr oyida o‘tkazgan. O‘shanda u Dastin Poryeni muddatidan oldin mag‘lub etgandi. Umumiy hisobda Habib MMA’da 28 ta jang o‘tkazib, 28 g‘alabaga erishgan. 2020-yilning may oyida Toni Fergyusonni mag‘lub etgan Jastin Getjining hisobida esa 22 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat bor.

Habib Nurmagomedov va Jastin Getji ishtirokdagi janglarni bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют