» » O‘zbekiston 2020-yilning iyul oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi

O‘zbekiston 2020-yilning iyul oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi


O‘zbekiston 2020-yilning iyul oyida 11,6 tonna oltin eksport qilib, dunyo mamlakatlari orasida oltin sotish bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylandi. Bu haqda Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Kengash ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston iyul oyida 11,6 tonna oltin sotdi, shu bilan oltinning respublika eksportidagi ulushi 39,8 foizga yetdi.

Ikkinchi o‘rinni Mo‘g‘uliston 6,1 tonna bilan egallagan. Rossiya va Germaniyaning har biri 0,5 tonnadan oltin eksport qilgan.

Oltin xarid qilish bo‘yicha so‘nggi oylardagi kabi Turkiya birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Jahon oltin kengashining taxminlariga ko‘ra, Turkiya 19,4 tonna oltin xarid qilgan. Qatarning oltin zaxirasi 3,1 tonnaga, Hindistonda 2,8 tonnaga, Qozog‘istonda 1,9 tonnaga, Ukrainada esa 0,3 tonnaga ko‘payganligi ma’lum qilingan.

Iyul oyida jahon bozorida bir gramm oltinning o‘rtacha narxi 58 dollarni tashkil etgan. Bugungi kunda oltinning bozordagi narxi deyarli 62 dollarni tashkil qilmoqda.

Avgust oyining boshida bir unsiyasi (1 unsiya 28,35 grammga teng) oltin narxi tarixiy rekord darajada ko‘tarilib, 2000 dollardan oshgan edi. O‘shanda kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov oltin-valyuta zaxirasini sotib, mablag‘larni mamlakat iqtisodiyotini qutqarishga va ishsizlar soni ortishining oldini olishga yo‘naltirish mumkinligini aytgan.

Besh yildan buyon O‘zbekistonda oltin eksporti o‘sib kelmoqda. Masalan, oltin eksporti 2015-yilda 823,9 million dollarni, 2016-yilda 738,2 million dollarni, 2017-yilda 1,6 milliard dollarni, 2018-yilda esa 3,4 milliard dollarni tashkil etgan.

Avvalroq O‘zbekiston jahon bozorida oltin narxining oshishidan foyda ko‘rgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi ilk bor 34 mlrd dollardan oshdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют