» » Tugilayotgan Rossiya imperiyasining ilk katta galabasi. Kulikovo maydonidagi jang haqida

Tugilayotgan Rossiya imperiyasining ilk katta galabasi. Kulikovo maydonidagi jang haqida


1380-yil 8-sentabr kuni Don daryosi boyidagi Kulikovo maydonida Oltin Orda hamda Moskva knyazi qoshinlari toqnashdi. Ushbu jangda ruslarning qoli baland keldi va bu tarixda Oltin Ordaning rus knyazlaridan qabul qilgan ilk yirik maglubiyat edi.Daryo jang bolib otganiga 540 yil tolgani munosabati bilan uning tarixiy ahamiyati haqida hikoya qiladi.

Bugungi Rossiyaning koplab hududlari singari Moskva ham XIII asrda Chingizxonning nabirasi Botuxon tomonidan egallangan edi. Moskva Oltin Ordaga olpon tolaydigan qaram knyazliklardan biri edi. Knyazlik Dmitriy I hukmronligi yillarida barcha rus knyazliklari orasida eng kuchlisiga aylandi.

1370-yilga kelib qudratli Oltin Orda davlati zaiflashib borayotgan edi. Shu davrda beklarbegi lavozimidagi Mamay oz nufuzini kotarib oldi. Yosh xonning nomidan davlatni idora qilishga erishdi. 1370-yillar davomida ruslar va ordaliklar ortasida bir qancha toqnashuvlar bolib otdi. Rus knyazliklari olpon tolashdan bosh tortdi. 1378-yilda Mamay Moskvaga qoshin yubordi. Ammo qoshin Voja daryosi boyida maglub boldi.

Ikki yildan song Mamayning shaxsan ozi Moskvaga qoshin toplab borishga qaror qildi. Uning qoshini XIII asrdagi mogul qoshinlaridan ham kop edi va tarkibida turli xil elatlardan vakillar bor edi. Qoshin tarkibida mogullar, boysundirilgan xalqlar qoshinlari, yollanma jangchilar, armanlar, genuyaliklar kabi turli xalqlar bor edi. Jangdan oldin Mamay Litva knyazi hamda Ryazan knyazi bilan ittifoq tuzdi. Litva va Ryazan qoshinlari Don daryosi boyidagi Mamay qoshinlariga kelib qoshilish maqsadida yolga chiqdi.

Dmitriy ham oz qoshinlarini topladi va Kolomnada ittifoqchilari bilan birlashdi. Litva va Ryazandan qoshinlar kelayotganini eshitgan Dmitriy kutib otirmasdan Mamayga hujum qilishni maqsad qildi va 7-sentabr kuni Don daryosini kesib ota boshladi.

Rus solnomalarida ruslar qoshini 400 minggacha deb korsatilgan. Lekin orta asr mualliflarida kopincha qoshinlar soni mubolagali tarzda kopaytirib korsatilgan. Bu keyinchalik qilingan izlanishlar, aholining tarkibini aniqlash borasida olib borilgan ishlar natijasida ancha ishonarli raqamlar korsatilgan. Y.A Razin, V.N Tatishovlar ruslar qoshinini 5060 ming atrofida deb korsatgan.

S.B Veselovskiy esa dastlabki ishlarida 200400 ming atrofida raqamlarni keltirgan bolsa, keyinchalik bu fikridan qaytgan va rus qoshinlarini 57 ming kishi atrofida deb yozgan. Shunday qilib, bu boradagi aniq raqamlar mavjud emas. O.V. Dvurechenskiy esa rus qoshinlari sonini sakkiz ming, Mamay qoshini sonini yetti ming deb korsatadi.

Oltin Orda qoshini haqida shunday bir qancha malumotlar mavjud. Rus dostonlarida Mamay qoshini 800 ming kishidan iborat bolgani yozilgan. Zamonaviy tarixchilar ancha ishonarli malumotlar qoldirgan. Jumladan, B.S. Urlanis Mamay qoshinlarini 60 ming kishi bolganini qayd etgan bolsa, M.N. Tixomirov, L.V. Cherepnin va V.I.Buganovlar Orda qoshinini 100150 ming atrofida ekanini yozib qoldirgan.

8-sentabr tongi tumanli bolgani sababli jang boshlanishi biroz kechikdi. Soat 12 ga yaqin jang ananaviy yakka kurashlar bilan boshlandi. Bunday malumotlar Mamay bosqini haqida ertak deb nomlangan adabiyotda uchraydi. Jang kuni Moskva knyazi ayyorlik qiladi va oz kiyimlarini Mixail Brenok ismli yosh boyar bilan almashtiradi. Ordaliklar esa Brenok jang qilayotgan bolinmaga hujum qildi va uni oldirdi. Knyaz ham jang vaqtida jarohat oldi.

Uch soatlik toqnashuvdan keyin ogir zarbalarni qabul qilgan va katta yoqotishlarga uchragan ruslar chekina boshladi. Ammo Dmitriyning jiyani Serpuxov qomondonligidagi otliq bolinma jang borishini ozgartirib yubordi. Sababi, ular jangdan oldin pistirmaga qoyilgan edi va chekinayotgan ruslarni taqibga olgan orda qoshini ortidan hujum qildi. Kutilmagan zarbadan esankirab qolgan ordaliklar qochishga tushdi va tungacha taqib qilindi. Ruslar bir necha on ming ordaliklarni qirish uchun yubordi. Mamay esa Qrimga qochib ketishga muvaffaq boldi va osha yerda genuyaliklar tomonidan oldirildi.

Jangda halok bolganlar haqida ham xuddi qoshinlar sonida bolganidek mubolagaga borilgan. Rus qolyozmalari 800 mingdan 1,5 millionga yaqin ordaliklar halok bolganini yozib qoldirgan. Jang davomida tort rus knyazi halok bolgan. Shuningdek, zamonaviy manbalarda rus qoshining uchdan ikki qismi, yoki 2530 ming askar halok bolgani qayd etilgan. Ordaliklar esa oz qoshining toqqizdan sakkiz qismidan ayrilgan.

Mazkur jang bir qator tarixchilar fikricha, rus yerlarining birlashuviga zamin yaratgan voqelik sifatida baholanadi. Bunday fikrlarni Nikolay Karamzin, Feliks Shabuldo kabi tarixchilar ilgari surgan. Shabuldo fikricha, mazkur jangdagi galaba Moskvaga barcha rus knyazliklarining markazlashuvida markaz rolini oynash imkonini bergan. Bundan tashqari, ushbu galaba Moskva va boshqa bir qator rus knyazliklariga Oltin Ordaga olpon tolamaslik huquqini bergan.

Ammo shunga qaramay jangdan ikki yil otib, Oltin Ordani qayta birlashtirishga muvaffaq bolgan Toxtamishxon Moskvaga yurish qildi va uni yoqib yubordi. Knyaz Dmitriy esa Oltin Ordaga vassalligini qaytadan tan oldi hamda olpon tolash majburiyatini oldi.

Shu bilan birga, A.A. Gorskiyning fikriga kora, na Dmitriyning ozi va na uning merosxorlari (Ivan III ga qadar) Oltin Orda xonlarining hukmronligiga qarshi toliq kurashishga intilmagan.

Jahongir Ostonov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (8-09-2020, 10:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -