» » Moliya vaziri o‘rinbosari: “Yil oxirigacha taksichilik faoliyati ham o‘z-o‘zini band qiluvchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin”

Moliya vaziri o‘rinbosari: “Yil oxirigacha taksichilik faoliyati ham o‘z-o‘zini band qiluvchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin”


Taksichilarni ham o‘z-o‘zini band qilganlar ro‘yxatiga qo‘shish bo‘yicha ish ketayotgani va bu bo‘yicha 1-2 oyda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilishi haqida AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov xabar berdi.

Bu ro‘yxatga kiritish uchun taksichilarning faoliyati davomida ayrim talablar bor. Birinchidan, taksiga chiqqan yo‘lovchi kim bilan ketayotganini bilishi shart. Ikkinchidan, taksilar ma’lum muddatda texnik ko‘rikdan o‘tib borishi kerak. Hozir bu bo‘yicha Transport vazirligi bilan kelishuv olib borilmoqda. Haydovchilarning har hafta yoki har kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi masalasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan muhokama qilinmoqda. Buni yil oxirigacha amalga oshirishni rejalashtirayapmiz.

Dilshod Sultonov, Moliya vaziri o‘rinbosari

Matbuot anjumanida Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Olimjon Fayziboyev hozirga qadar 67 mehnat turi bo‘yicha 370 mingdan ortiq fuqaro o‘z-o‘zini band qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tganini aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, o‘z-o‘zini band qilgan fuqaro sifatida yil oxirigacha 500 mingga yaqin shaxs ro‘yxatdan o‘tishi kutilmoqda. Hozirga qadar Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan va Buxoro viloyati fuqarolari  o‘z-o‘zini band qiluvchilar ro‘yxatida faollik ko‘rsatmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yanvar–iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют