» » Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin” serialining suratga olish jarayoni bilan tanishish uchun Turkiyaga bordi

Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin” serialining suratga olish jarayoni bilan tanishish uchun Turkiyaga bordi


O‘zbekiston madaniyat vaziri “Mendirman Jaloliddin” serialining suratga olish jarayonlari bilan tanishish uchun Turkiyaga bordi. Bu haqda uning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Xabaringiz bor, madaniyat vazirligi buyurtmasiga binoan turk kino ijodkorlari bilan hamkorlikda ‘Mendirman Jaloliddin’ seriali suratga olinmoqda. Ushbu tarixiy filmga mahoratli aktyor va aktrisalar jalb etilgan.

Ayni dam mazkur filmning suratga olinish jarayonlari va tashkiliy masalalar bilan tanishish maqsadida Turkiyada ijodiy safarda bo‘lib turibmiz. Tashrifimizning ilk kuniyoq “Bo‘zdag‘ film” rahbari Mehmed Bo‘zdag‘ bilan uchrashdik.

Muloqot chog‘ida ushbu film turkiy xalqlar tarixidan so‘zlovchi, uning madaniyati, insoniyligi kabi fazilatlarini namoyon eta oluvchi durdona asar sifatida nafaqat turkiy millatlar, balki, butun dunyo xalqlariga tuhfa eta olishimiz zarurligi ta’kidlandi. Jaloliddin Manguberdi obrazi juda nozik va uni gavdalantirishda yuksak mahorat bilan birga o‘ta hushyor bo‘lish, uni uvol qilib qo‘ymaslik kerakligi ham aytib o‘tildi. Chunki mazkur film har bir tomoshabinda vatanparvarlik va g‘urur tuyg‘usini shakllantirib, el-yurt ozodligi yo‘lida milliy birlikka, yurt rahnamosi yonida jipslashishga undaydi. Yurtdoshlarimiz ham ushbu filmni shubhasiz intiqlik bilan kutayapti. Undan umidimiz katta.

Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniyat vaziri

Eslatib o‘tamiz, serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi. Shuningdek, bir qator o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo‘ja Rasulov, Saida Rametova, Rayhon Ulasenova, Ra’no Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabovalarning ham rol ijro etishi kutilmoqda.

Serialning ilk mavsumi 13 qismdan iborat.

Mavzuga doir: Alisher Uzoqov Turkiyada o‘tgan olti oylik umri va Toshkentga qaytishi sababi haqida gapirdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют