» » Ronald Kuman Messini maydondagi himoyaviy harakatlardan ozod etadi, Lionel bor e’tiborini hujumga qaratadi

Ronald Kuman Messini maydondagi himoyaviy harakatlardan ozod etadi, Lionel bor e’tiborini hujumga qaratadi


“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa hujumchisi Lionel Messining maydondagi roli borasida bir qarorga keldi, deya xabar qilmoqda Mundo Deportivo.

Ta’kidlanishicha, mutaxassis Messini yashirin o‘ng qanot vingeri rolida ko‘rmoqda. Kumanning fikricha, Messi u yerda hujumning barcha chiziqlarida almashib harakat qiladi. Argentinalik futbolchi himoyaga qaratilgan harakatlardan ozod etiladi, shuningdek, Kuman Lionelning to‘pga ega chiqish maqsadida markazga siljishini to‘xtatmoqchi. Bu funksiyalar markaziy yarim himoyachilarga yuklatiladi, Messi esa oldingi chiziqda uzatma kutadi.

7-sentabr kuni Messi niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostidagi ilk mashg‘ulotni o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, Messi avgust oyida “Barselona”dan ketish qaroriga kelgani haqida klub rahbariyatiga ma’lum qildi. Messi shartnomasida ko‘rsatilgan klubni tekinga tark etish bandini faollashtirmoqchi bo‘ldi. Biroq katalon klubi mazkur band iyul oyida o‘z kuchini yo‘qotgani va futbolchini tekinga qo‘yib yubormasligini ma’lum qildi. Oqibatda 33 yoshli futbolchi jamoa bilan sudlashishni istamadi va 2021-yilgi shartnomasi tugagunga qadar “Barselona”da qolishga qaror qildi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют