» » Hisob palatasi shu’ba mudiri Jalaquduq tumaniga hokim etib tayinlandi

Hisob palatasi shu’ba mudiri Jalaquduq tumaniga hokim etib tayinlandi


Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi o‘zgardi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri. Xalq deputatlari tuman kengashining 9-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston Hisob palatasi shu’ba mudiri Hikmatillo Latipov tuman rahbari sifatida tanishtirilgan.

Tumanga shu vaqtgacha rasman Furqat Buzrukov hokimlik qilib kelayotgan edi. Buzrukov tumanga 2020-yil 4-fevral kuni rahbar etib tayinlangan edi, bungacha u Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. “Daryo” manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Buzrukov 1-avgustdan buyon ishga chiqmayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Hikmatillo Latipov 1976-yilda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. 1999-yilda Toshkent davlat universitetini, 2001-yilda O‘zbekiston milliy universitetini, 2012-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U 2004—2013-yillarda Moliya vazirligi tizimida ishlagan, 2017-yildan esa O‘zbekiston Hisob palatasida ish boshlagan. U Jalaquduq hokimi etib tayinlanguniga qadar palataning qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va xarajatlarni tahlil qilish axborot-tahlil sho‘’basi mudiri edi.

Avvalroq, 9-sentabr kuni Andijon viloyatining Asaka va Xo‘jaobod tumanlari hokimlari ham almashgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют