» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 45 ming kishidan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 45 ming kishidan oshdi


O‘zbekistonda 10-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 45 160 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, yana ikki bemor koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan — Zangiota tumanida yashagan 79 yoshli ayol hamda Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli erkak.

Ayni paytda mamlakatda 42 212 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2580 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 427 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 368 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 382 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 9-sentabr kuni 512 kishida koronavirus aniqlandi. Bu 20 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют