» » Ozodbek Nazarbekov 7 mln dollar sarflanayotgan “Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari bilan uchrashdi (foto)

Ozodbek Nazarbekov 7 mln dollar sarflanayotgan “Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari bilan uchrashdi (foto)


O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin” serialining suratga olish jarayonlari bilan tanishish uchun ayni paytda Turkiyada bo‘lib turibdi. 9-sentabr kuni vazir serial ijodkorlari bilan uchrashib, suratga olish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Qayd etilishicha, tarixiy serialni suratga olish uchun 50 gektar yer maydonida pavilyon o‘rnatilgan bo‘lib, suratga olish jarayonlariga mingdan ortiq ijodkor jalb etilgan.

“Bugungi kunda asosiy rollarni mahorat bilan ijro etayotgan aktyorlar ot minish va qilichbozlik bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tdi. Shu bilan birga turk tilini mukammal o‘rganib, tarix fani bo‘yicha ham bilimlarini boyitdi. Filmning asosiy qahramonlari Sulton Jaloliddin Manguberdi, Sulton Alovuddin, Temur Malik, Turkon xotun, Chingizxon va uning farzandlari obrazlari ustida mukammal ishlandi. Har bir aktyorga o‘sha davr ruhiyatiga mos ravishdagi liboslar tikildi”, — deyiladi xabarda.

“Dunyo miqiyosidagi katta loyihaga qo‘l urganimni chuqur his qilyapman. Loyihani amalga oshirish oson emas. Juda katta tayyorgarlik va mahorat kerak. Ammo men Jaloliddin tarixini yaxshi bilar edim. Biroq faqat mening bilimim yetarli emas, jamoa, ssenariy muallifi, liboslar dizeyneri, tasvirchi, rejissorlar ham xabardor bo‘lishi muhim edi. Shu sababli ham suratga olish ishlaridan avval ijodkorlarning barchasini Manguberdi tarixini chuqur o‘rganishga undadim. Menga o‘zbek aktyorlarining mahoratiga qanday baho berasiz deb ko‘p bora savollar yo‘llashdi. Shuni ayta olamanki, ular endi dunyo miqiyosidagi filmlarda ham rol o‘ynashga tayyor. Shaxsan o‘zim keyingi filmlarimga ham aynan o‘zbek aktyorlarini jalb etmoqchiman, chunki rejalashtirayotgan serialimiz Mirzo Ulug‘bek haqida bo‘ladi”, — deydi serial rejissori Mehmet Bo‘zdag‘.

Xabarda aytilishicha, madaniyat vazirligi buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan “Mendirman Jaloliddin” seriali O‘zbekiston tomonidan “Best organiser” MChJ va Turkiyaning “Bozdag‘ film” kinokompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan “Orient Finans Bank” tijorat banki homiyligi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur serialga 7 million AQSh dollari sarflanmoqda.

Oktabr oyining ikkinchi yarmida “Bozdag‘ film” kinokompaniyasi rahbari Mehmet Bo‘zdag‘ning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Tashrif doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etish rejalashtirilgan. “Mendirman Jaloliddin” seriali 2021-yilning yanvar oyida katta ekranlarga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etmoqda. Shuningdek, bir qator o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo‘ja Rasulov, Saida Rametova, Rayhon Ulasenova, Ra’no Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabovalarning ham rol ijro etishi kutilmoqda.

Serialning ilk mavsumi 13 qismdan iborat.

Mavzuga doir: Alisher Uzoqov Turkiyada o‘tgan olti oylik umri va Toshkentga qaytishi sababi haqida gapirdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют