» » AQShda ishlagan 29 yoshli mutaxassis Sirdaryo viloyati hokimiga maslahatchi etib tayinlandi

AQShda ishlagan 29 yoshli mutaxassis Sirdaryo viloyati hokimiga maslahatchi etib tayinlandi


Shohrux Isaqulov Sirdaryo viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Shohrux Isaqulov Sirdaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Shohrux Isaqulov 1991-yilda Guliston shahrida tug‘ilgan. 2011-yil AQShning Kanzas shtatidagi Newman universitetini, 2014-yil Friends universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Amerikada joylashgan turli nufuzli kompaniyalarda mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, Illinoysdagi “Prays Voterxaus Kupers soliq, audit va konsalting kompaniyasi” audit va konsalting bo‘limi bosh auditori va konsultant-maslahatchisi, “KPMJ soliq, audit va konsalting kompaniyasi” audit va konsultantlik bo‘limining bosh auditori va konsultant-maslahatchisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Avvalroq Shirin shahri sobiq hokimi Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tasdiqlangani, Shirin shahriga esa 31 yoshli yangi hokim tayinlandi to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют