» » Alto Aluminium va ?zg?ven hamkorlik memorandumini imzolashdi

Alto Aluminium va ?zg?ven hamkorlik memorandumini imzolashdi


Kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikning simbiozi ulkan loyihani amalga oshirishga imkon beradi.

Bugungi kunda mamlakatda yuzlab, hatto minglab yangi ob‘ektlar bunyod etilmoqda: ko‘p qavatli turar joy majmualari, biznes markazlari va savdo-ko‘ngilochar joylar. Ushbu obyektlarni qurayotgan qurilish kompaniyalari tobora zamonaviy talablarga javob beradigan mahsulotlarga ehtiyoj sezmoqda.

Bugungi kunda eng ulkan loyihalardan biri - bu Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida bunyod etilayotgan Nest One osmono‘par binosidir. Nest One ko‘p funktsiyali osmono‘par bino, qurib bitkazilgandan so‘ng, Markaziy Osiyodagi eng baland binoga aylanadi.

Alto Aluminium bu AKFA kompaniyalar guruhi tomonidan va Kocamanlar Al?minyum (Turkiya) bilan birgalikda loyihalashtirish va qurilish sohasida yirik loyihalarni amalga oshirish uchun 2020-yilda tashkil etilgan qo‘shma korxona.

Alto Aluminium va ?zg?ven Nest One loyihasini amalga oshirishda hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdilar. Eslatib o‘tamiz, aynan ?zg?ven (Turkiya), Nest One me’moriy va muhandislik yangiliklarining muallifi.

Rasmiy tadbirlar doirasida Alto Aluminium va ?zg?ven vakillari Nest One qurilish maydoniga tashrif buyurishdi va kelajakdagi osmono‘par binoning barpo etilayotgan qavatlarini ko‘rishdi.

Tadbir hamkorlarning kelajakdagi osmono‘par bino uchun Belgiyaning Reynaers kompaniyasining chizmalariga binoan fasad tizimlari yig‘iladigan IMZO avtomatizatsiyalashtirilgan zavodiga ekskursiya bilan davom etdi. Do‘stlarimiz va sheriklarimiz oyna va eshik konstruktsiyalarini avtomatizatsiyalashtirilgan tarzda ishlab chiqarishning keng imkoniyatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi.

Ekskursiyalar tugagandan so‘ng delegatsiya Hilton mehmonxonasiga yo‘l oldi, u yerda konferens-zallarning birida kompaniyalar o‘rtasida memorandum imzolashning rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.

– Bugungi uchrashuvni kompaniyalarimizni rivojlantirish yo‘lidagi eng muhim qadam deb bilaman, – dedi Memorandumni imzolash marosimida AKFA kompaniyalar guruhi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Kamran G‘ulomov. – Hamkorlik simbiozi yaqinda bizga arxitektura va qurilish sohasida mamlakatimizda o‘xshashlari bo‘lmagan ulkan loyihani amalga oshirishga imkon beradi.

Hamkorlik memorandumining imzolanishi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ijobiy ta‘sir qiladi va ikki tomonlama sheriklikni yanada samarali qiladi. Shuningdek, bu kompaniyalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga yordam beradi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 36) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют