» » Liga 1. Neymar, di Mariya va Mbappesiz o‘ynagan PSJ mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi

Liga 1. Neymar, di Mariya va Mbappesiz o‘ynagan PSJ mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi


Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 2-turida PSJ 10-sentabr, payshanba kuni “Lans” mehmoni bo‘ldi.

Bu Tomas Tuxel jamoasi uchun 2020/21-yilgi mavsumdagi ilk o‘yin bo‘ldi. Jamoa Chempionlar Ligasidagi ishtirok sabab chempionatni kech boshladi.

Mazkur bahsni koronavirus tufayli parijliklarning bir qator yetakchilari o‘tkazib yubordi. Bular: Neymar, Kilian Mbappe, Anxel di Mariya, Mauro Ikardi, Keylor Navas, Markinyos va Leandro Paredes,

Uchrashuvning 57-daqiqasida Ignatius Ganago tomonidan urilgan gol maydon egalariga g‘alaba keltirdi.

PSJ 13-sentabr kuni 3-tur doirasida “Marsel”ga qarshi bahs olib boradi. 16-sentabrda esa “Mets”ga qarshi 1-turining qoldirilgan o‘yinida ishtirok etadi.

Liga 1

2-tur bahsi

10-sentabr, payshanba

Gol: 1:0 – 57 Ganago.

“Lans”: Leka, Silla (Bura, 84), Bade, Gradi, Mishlen, Dukure (Moriso, 83), Peres, Kakuta (Kayuzak, 71), Medina, Ganago (Jan, 71), Banza (Sotoka, 65).

PSJ: Bulka, Kurzava, Bernat (Bakker, 84), Kimpembe (Diallo, 74), Kerer, Errera, Guye, Sarabiya, Verratti, Ruis-Atil (Dagba, 68), Kalimuendo (Xese, 74).

Ogohlantirishlar: Sarabiya (38), Dukure (44), Sotoka (70), Bernat (78).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 06:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют