» » Jeep dunyodagi eng ekstremal mehmonxonani ochdi

Jeep dunyodagi eng ekstremal mehmonxonani ochdi


Jeep’ning Londondagi Yevropa ofisi dunyodagi eng ekstremal “steykeyshn-motel”ni ochdi. Unda birgina nomer bor, biroq u yerdan 70 metr balandlikda — The O2 Arena ko‘ngilochar kompleksining tayanch ustunlarida joylashgan, deb xabar beradi Motor.

G‘arbda staycation so‘zi ancha oldin meynstrimga aylangan. U ikki so‘zdan iborat: stay — qolmoq va vacation — ta’til. Birgalikda bu jumla qadrdon shahrida o‘tkazilgan ta’til ma’nosini beradi. Jeep esa Britaniya poytaxti aholisiga “uy ta’tili”dan bir olam taassurot olishni taklif etmoqda, biroq buning uchun janubi-sharqiy Londondagi Grinvich yarimoroliga borishlari kerak.

Motelning ochilishi Jeep Renegade 4xe’ning bozorga chiqarilishiga bag‘ishlangan. Gibrid model “mijoz tajribasi”ning bir qismiga aylangan va birdaniga ikkita variantda taqdim etiladi: mehmonlarni yetkazib berishga mo‘ljallangan transport vositasi rolida, shuningdek, WiFi-router va Amazon Alexa’ning “aqlli” ovoz yordamchisini quvvatlantiradigan generator. Motel mehmonxonalari o‘z nomeridan nafaqat quyosh botishini, balki The 02 tomida sayr qilib, kechki ovqat va nonushta tanovul qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular sutka davomida konserj-servisdan, ikkita issiq ko‘rpa va yomg‘irdan himoya qiluvchi g‘ilofdan foydalana oladi.

Mavzuga doir: Kent grafligida arslonlarga qo‘shni sifatida tunab qolish mumkin bo‘lgan g‘aroyib mehmonxona ochildi (foto)

Shu bilan birga, Jeep ushbu model bilan cheklanib qolmaslikka va’da bermoqda — Londonning bir nechta joyida tomida palatkali Renegade 4xe’ni joylashtirish mumkin bo‘lgan pop-ap lokatsiya paydo bo‘ladi.

Jeep Renegade 4xe gibridiga old g‘ildiraklarni harakatga keltiruvchi 1,3 litrli dvigatel, orqa o‘qni aylantirib beruvchi elektromotor o‘rnatilgan. Ularning birgalikdagi quvvati 190 yoki 240 ot kuchiga teng bo‘ladi. Soatiga 100 kilometr tezlikka 7 soniyada erisha oladigan model Britaniyada 32,6 ming funt sterlingdan sotuvga chiqadi.

Mavzuga doir: Fotogalereya: dunyoning eng ekstremal mehmonxonalari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют