» » Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi videokonferensaloqa tarzida boshlandi

Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi videokonferensaloqa tarzida boshlandi


11-sentabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi boshlandi. Uni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda. Yalpi majlisni Senatning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda UzReport telekanali orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilmoqda. Xususan:

Shuningdek, O‘zbekiston moliya vazirining Davlat budjetining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun ko‘rilayotgan choralar holati haqida hamda O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish masalalari muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senatining avgust oyida o‘tkazilgan yalpi majlisida Senati raisi Tanzila Norboyeva mamlakatdagi oliy ta’lim tizimini tanqid qilgan edi. Senat rahbari O‘zbekistondagi bironta ham universitet dunyoning eng yaxshi 1000 ta universiteti ro‘yxatiga kirmasligini ta’kidlagandi.

Mavzuga doir: Senat qiynoqlar bo‘yicha Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatiga parlament so‘rovi yuboradi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют