» » Putin Serbiya prezidentidan Zaxarovaning Facebook’da qoldirgan posti uchun uzr so‘radi

Putin Serbiya prezidentidan Zaxarovaning Facebook’da qoldirgan posti uchun uzr so‘radi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Serbiya davlat rahbari Aleksandr Vuchichdan TIV vakili Mariya Zaxarovaning Facebook’dagi posti uchun uzr so‘radi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bergan.

Zaxarova Serbiya prezidentining Donald Tramp bilan uchrashuvi aks etgan fotosurat yoniga “Asosiy instinkt” filmidagi kadrni joylashtirgandi.

“Prezident Putin mendan hech qachon kechirim so‘ramagandi, Sergey Lavrov ham. Ikkala inson ham Zaxarovaning posti sabab bu ishni qilishdi. Qizig‘i, men tarbiya ko‘rgan odam sifatida bo‘lgan voqeani hech qachon hech qayerda eslatganim yo‘q. Menimcha, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar juda yaxshi va men ushbu hodisani bo‘lmagan deb hisoblayman”, — deya Vuchich so‘zlaridan iqtibos keltirgan “RIA Novosti”.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Putinning bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan uzr so‘raganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, Vuchich AQShga Kosovo bosh vaziri Avdullo Xoti bilan muzokaralar o‘tkazish uchun borgandi. Muloqot yakunida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolangan. Serbiya vakillari uchrashuvlarda hududning mustaqilligini tan olish haqida gap-so‘zlar bo‘lmaganini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют