» » Nurmat Otabekov: “Koronavirusga chalinish ehtimoli chalinmaslik ehtimolidan ko‘proq ekanini olim sifatida o‘zim uchun kashf qildim”

Nurmat Otabekov: “Koronavirusga chalinish ehtimoli chalinmaslik ehtimolidan ko‘proq ekanini olim sifatida o‘zim uchun kashf qildim”


O‘zbekiston bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusdan davolanish davomida avval bilmagan narsasini kashf qilgani haqida “Shifobaxsh” Telegram kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Men olim sifatida yana bir narsani o‘zim uchun kashf qildim – ushbu kasallikka chalinish ehtimoli chalinmaslik ehtimolidan ko‘proq ekan. Negaki salomatligim uchun doim sinchkov bo‘lganman, sergaklikni yo‘qotmaganman, ehtiyotimni qilganman. To‘rt oy mobaynida kasallik o‘chog‘ida (biz faoliyat yuritayotgan binoda laboratoriyalar bor edi, u yerga odamlar koronavirusga namuna topshirishga kelib turishdi, ba’zan xodimlar orasida kasallikka chalinganlar aniqlandi) bo‘lib turgan bo‘lsam-da, ehtiyotimni qila oldim. Lekin qayerdadir ozgina e’tiborsizlik qilganmanki, ushbu holat kasallik yuqishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun ham kasallikni yuqtirib olish ehtimoli yuqori ekanligini men o‘zim uchun kashf qildim deyapman”, – deydi professor.

Respublika maxsus komissiyasi a’zo Nurmat Otabekov bu kasallikka bepisand bo‘lmaslik kerakligini, kasallikni faqat ishonch bilan, harakat bilan yengish mumkinligini o‘zi uchun isbotlaganini qo‘shimcha qildi.

“Aslida har qanday odam ushbu kasallikni yengib o‘tishi mumkin. Shunday ekan, faqat harakat, tuzalib ketishga ishonch, to‘yimli ovqatlanish, ko‘proq suyuqlik ichish, sabzavot, meva va ko‘katlar iste’mol qilish orqali organizmning immun tizimini mustahkamlash, kasallikdan tezroq sog‘ayib ketishga zamin yaratishiga ishonch hosil qildim”, — deydi mutaxassis.

Avvalroq Nurmat Otabekov qanday qilib koronavirusni yuqtirib olgani va kasallik belgilarining hammasi o‘zida kuzatilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, professor qo‘shimcha davolash usullari va dori-darmonlarsiz sog‘ayganini hamda qanday asoratlar qolganini aytib o‘tgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют