» » Bosh aylanishi, oyoq uvishishi, xurrak. Zudlik bilan shifokor ko‘rigiga borishni taqozo etadigan simptomlar

Bosh aylanishi, oyoq uvishishi, xurrak. Zudlik bilan shifokor ko‘rigiga borishni taqozo etadigan simptomlar


Organizmdagi oddiy alomatlar oqibati yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Turli surunkali va xavfli kasalliklarga chalinmaslik va oldini olish maqsadida “Domashniy ochag” jurnali eng ko‘p kuzatiladigan, befarq bo‘lish kerak bo‘lmagan simptomlar haqida ma’lumot beradi.

Oyoq uvishishi

Ko‘pincha noto‘g‘ri o‘tirib qolish yoki yotgandan keyin oyoq uvishishi kuzatiladi va vaziyat o‘zgartirilganidan keyin uvishish yo‘qoladi. Lekin shunda ham qolmasa va ko‘p kuzatiladigan bo‘lsa, unda shifokorga murojaat qilish uchun jiddiy sabab bor. Muammo umurtqa churrasi (grija) yoki yurak qon-tomir kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Bel o‘lchami ayollarda 75 sm, erkaklarda 90 sm katta bo‘lishi

Bel sohasida yog‘ to‘planishi metabolizm sindromidan darak berishi mumkin. Ushbu sindromda qonda qand va xolesterin miqdorining ko‘payishi, to‘lishish va gipertoniya kuzatiladi. Bularning bari qandli diabet va yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfi yuqoriligini bildiradi.

Og‘iz qurishi

Til organizmning ahvoli qanday ekanidan darak beradi — og‘iz qurishi organizmda suv almashinuvi bilan muammolar borligidan dalolat. Kam suyuqlik iste’mol qilayotganingiz uchun organizmga suv yetishmayotgan bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida salbiy oqibatlarga olib kelishi, oshqozon, ichaklar, hatto suyaklarda ham muammolar kuzatilishi mumkin.

Bosh aylanishi

Bosh aylanishiga ko‘pchilik jiddiy qaramaydi va o‘tib ketadi deb o‘ylaydi. Jismoniy zo‘riqish vaqtida boshning muntazam aylanishi organizmning kuchsizlangani yoki suvsizlanganidan darakdir. Agar bosh aylanishi bo‘shashish, tananing ma’lum qismida uvishish va nutqda muammo kuzatilishi bilan birga namoyon bo‘lsa, unda insult ehtimoli yo‘q emas.

Jig‘ildon qaynashi, qorin shishishi

Bu kabi simptomlarning qayta-qayta va tez-tez takrorlanishi nafaqat ovqat hazm tizimidagi muammo borligi, balki stress bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yosh organizm stressni oson yengib o‘tsa, 30 yosh va undan keyin surunkali oshqozon ichak trakti kuzatilishi mumkin.

Xurrak otish

Odamlar hatto o‘nlab yillar davomida bee’tibor bo‘ladigan simptomlardan biri xurrak otish sanaladi. Xurrak odam gorizontal vaziyatda bo‘lganida yuqori nafas yo‘llarida vujudga keladigan tebranish hisoblanadi va o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi: bu nafas yo‘llari torayganida kuzatilishi mumkin. 70 foiz hollarda xurrak otish bo‘yin konfiguratsiyasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bo‘yin sohasidagi yog‘ qatlamlari sabab nafas olish qiyinlashadi, qon bilan ta’minlanishda muammo kuzatiladi. Uyqu boshqa a’zolar, xususan, miya dam olishi uchun muhim. Lekin uyqu vaqtida to‘g‘ri nafas ololmaslik, miyaning yetarlicha kislorod bilan ta’minlanmasligi va dam olmasligiga olib keladi. Zo‘riqish takrorlanaverishi va uni bartaraf qilish uchun chora ko‘rilmasligi oqibatida miya hujayralari yemirilishi va qarishi kuzatiladi. Shu sabab ham xurrak otishga nisbatan befarq bo‘lmaslik, shifokorga murojaat qilib, muammo nimada ekanini bilish lozim.

Ko‘krak qafasining yuqori qismida qizarish kuzatilishi

Qizarish muntazam paydo bo‘lsa va bu quyoshda toblanish bilan bog‘liq bo‘lmasa, qon bosimi ko‘tarilganidan darak bo‘lishi mumkin.

To‘satdan ko‘karishlar paydo bo‘lishi

Ko‘karishlar, teri ostidagi kapillyarlarning shikastlangani sabab paydo bo‘lishi mumkin. Agar ko‘karishlar sababsiz, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lsa, organizmdagi turli muammolar masalan, B12 vitamini yetishmovchiligi, qandli diabet, hatto onkologik kasalliklardan ham darak bo‘lishi mumkin.

Bezovta oyoqlar sindromi

Asosan, tunda kuzatiladigan mazkur sindrom tinch holatda ham oyoqlarda diskomfort his qilinishi bilan namoyon bo‘ladi. Bunday vaqtda inson qulay vaziyat topa olmaganidan qimirlaydi va bezovta bo‘ladi, bu esa uyqu buzilishiga olib keladi. Sindrom qon ta’minlanishi, qon-tomirlar yoki varikoz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, temir, magniy, B guruhi vitaminlari yetishmasligi hamda metabolizm bilan bog‘liq muammolar sabab ham oyoqlar bezovta qiladi.

Uzoq vaqt davom etayotgan yo‘tal

Surunkali tonzilitdan davolanishga qaramay, yo‘tal qolmaydigan bo‘lsa, uyqu vaqti ham bezovta qilib, dori-darmon ham ta’sir qilmasa, qizilo‘ngach teshigi churrasi (grija) yoki reflyuksi ehtimoli bor. Ularning har ikkisida ham jig‘ildon qaynashi, kekirish kuzatiladi.

Tirnoqlarda o‘zgarish kuzatilishi

Tirnoqda oq chiziqlar ko‘pincha shikastlanishdan keyin ko‘zga tashlanadi. Lekin shikastlanmasa ham bu holat ko‘p kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Negaki, bu simptom qon-tomir tizimi kasalliklarida muammo borligidan darak beradi. Qon aylanishida muammolar bo‘lishi turli nuqsonlar, xususan, tirnoqlardagi o‘zgarish bilan ham namoyon bo‘ladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют