» » Nogironligi bor bo‘lgan shaxslar uchun “to‘siqsiz muhit”ni shakllantirishimiz lozim — Tanzila Norboyeva

Nogironligi bor bo‘lgan shaxslar uchun “to‘siqsiz muhit”ni shakllantirishimiz lozim — Tanzila Norboyeva


Senatning yettinchi yalpi majlisida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan muhokama qilinib, ma’qullandi. Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva nogironligi bor bo‘lgan shaxslar muammolari yuzasidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan jihatlarga urg‘u berdi.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun haqiqatan ham o‘ta muhimdir. Mazkur yo‘nalishda yillar davomida talay muammolar to‘planib qolganini hammamiz yaxshi bilamiz. Shu jumladan, nogironligi kundek ravshan bo‘lgan insonlarni har safar qayta-qayta ko‘rikdan o‘tkazish, tekshirish amaliyoti ham yo‘q emas. Qonunda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, nogironlikni belgilash jarayonini soddalashtirish bo‘yicha aniq normalar belgilanganini ham e’tirof etishimiz kerak”, — deydi Tanzila Norboyeva.

Senat raisi nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlashda statistikani tartibga solish kerak ekanini ham ta’kidlagan. Uning aytishicha, nogironlik masalasini tahlil qilish, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy hayotga to‘liq integratsiya qilish uchun bunday shaxslar, ularning soni, istiqomat qilayotgan hududlar, nogironlik darajasi hamda shu kabi muhim jihatlar to‘g‘risida aniq ma’lumotga va tasavvurga ega bo‘lish shart. Aks holda, amalga oshiriladigan ishlar to‘liq bo‘lmaydi, qaysidir qatlam, qaysidir insonlar e’tibordan chetda qolib ketaveradi.

“Bundan tashqari, xalqaro mezonlardan kelib chiqib, mamlakatda nogironligi bor shaxslar uchun ‘to‘siqsiz muhit’ni shakllantirishimiz lozim. Bu borada muammolarimiz yetarlicha. Kundalik hayotimizda – transport, ovqatlanish shohobchalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, madaniy-ko‘ngilochar maskanlarda nogironligi bor shaxslar uchun zarur sharoitlar yaratilmaganiga ko‘p duch kelamiz. Tabiiyki, bu ularning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda”, — deydi Senat raisi.

Shuningdek, nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy hayotga integratsiya qilishga ustuvor ahamiyat qaratish kerakligi, ular o‘zlarini jamiyatning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini doimo his qilishlari lozimligi ta’kidladi.

Mavzuga doir: “O‘zbekiston temiryo‘llari” Toshkent metrosining yangi bekatlari nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilmagani haqidagi tanqidlarga javob berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют