» » Namanganda 28 sotix yer maydonini 100 ming dollarga sotishga uringan “fermer xo‘jaligi rahbari” qo‘lga olindi

Namanganda 28 sotix yer maydonini 100 ming dollarga sotishga uringan “fermer xo‘jaligi rahbari” qo‘lga olindi


Kosonsoy tumanida yashovchi xususiy tadbirkor 2020-yil 29-avgust kuni Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga firibgarlik holati yuzasidan ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Murojaatdan ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor ishlab chiqarish sexi tashkil etish maqsadida 25-avgust kuni Namangan tumaniga borgan vaqtda o‘zini fermer xo‘jaligi rahbari deb tanishtirgan “Avaz” ismli shaxs bilan tanishib qoladi va unga bino qurish uchun yer qidirib yurganini bildiradi. Shundan so‘ng “Avaz” tumandagi “Zarbdor” MTP hududida 28 sotix yer maydonini ko‘rsatib, ushbu yer maydonini 100 ming AQSh dollariga sotishini, 50 ming dollarini oldindan bersa Namangan tumani hokimligida ishlovchi tanishlari bilan uchrashtirishini aytadi.

Tadbirkorning arizasiga asosan 29-avgust kuni viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir tashkil etildi. Tadbirga xolislar jalb etilib, 10 ming dollar hamda 100 million so‘m ajratiladi va pullarga ekspert-kriminalistika bo‘limi xodimlari tomonidan kimyoviy usulda “pora” yozuvlari tushirilgan.

Shu kuni Namangan shahri, Go‘zal dahasidagi oshxonalardan birida “Avaz” ismli shaxs tadbirkordan 10 ming AQSh dollari va 100 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan paytida ushlandi.

Surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxsning ismi “Avaz” emasligi hamda uning fermer xo‘jaligi yoki hokimlikka daxli yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют