» » Yuzidagi husnbuzarni siqib tashlagan xitoylik qizning o‘lishiga bir baxya qoldi

Yuzidagi husnbuzarni siqib tashlagan xitoylik qizning o‘lishiga bir baxya qoldi


Xitoyning Chjeszyan provinsiyasida yashovchi 19 yoshli qiz yuzidagi husnbuzarni siqishi ortidan unda miya kasalligi kelib chiqdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Yuzidagi husnbuzarni siqib tashlagan qiz birozdan so‘ng o‘ng ko‘z sohasidagi og‘riqdan azob cheka boshladi. Bir necha kun ichida uning tana harorati ko‘tarilib, ko‘zida shish kuzatildi. U 39 daraja tana harorati va boshlang‘ich meningit alomati bilan shifoxonaga yotqizildi.

Bu holatga tushishning sababi ko‘z kosasining orqa qismidagi bo‘shliqda kelib chiqqan kavernoz sinus trombozidir. Ushbu xavfli kasallik jarayonida miya sohasida infeksiyalarning tarqalishi yuz beradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kavernoz sinus trombozi bilan kasallangan har uchta bemorning biri vafot etishi mumkin.

Infeksiya manbasi tish, quloq, burun (uning teri o‘yiqlari) bo‘lishi mumkin. Eng katta ehtimolga ko‘ra, infeksiya husnbuzar siqilgandan so‘ng undan hosil bo‘lgan yaraga kirgan.

Qizga shifokor tomonidan antibiotiklar muolajasi buyurilgan. Hozirda qizning ahvoli barqaror bo‘lishiga qaramay, shifoxonada qolmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют