» » Rossiyada tag qismi va oynasi bo‘lmagan Tesla Cybertruck sinovdan o‘tkazildi (video)

Rossiyada tag qismi va oynasi bo‘lmagan Tesla Cybertruck sinovdan o‘tkazildi (video)


Rossiyalik taniqli bloger Valentin Petuxov qishloq ko‘chalari va o‘rmondagi o‘nqir-cho‘nqirliklar bo‘ylab birinchi bor Tesla Cybertruck nusxasini haydab ko‘rgani tasviralangan video bilan bo‘lishdi. Pikap Voronejdagi Constrictor Motorsport ustaxonasida yaratilgan.

Avtomobil Toyota Tundra yo‘ltanlamasi romi asosida yaratilgan bo‘lib, unga po‘lat parchalar payvandlangan.

Tundra romi taxminan 10 santimetrga uzaytirilib, modelning olti metrli orginal o‘lchamiga yaqinlashtirilgan. Pikap 381 ot kuchiga ega 5,7 litrli V8 dvigateli yordamida harakatga keladi.

Cybertruck’ning hozircha oyna va eshik tutqichlari yo‘q — u boltlar yordamida qotirilgan. Shuningdek, mashinaning tag qismi ham mavjud emas: oyoq ostida aylanayotgan kardan valini ko‘rish mumkin.

Bloger keyingi bosqichda ochiladigan barcha elementlarni yig‘ishni reja qilgan: eshiklar, kapot va kuzovning orqa tavaqlari. Shuningdek, tez orada Voronej pikapiga oynalar ham o‘rnatiladi.

Avvalroq amerikalik bloger Tesla Cyberquad elektro-kvadroksiklining aniq nusxasini yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Tesla Cybertruck 2019-yilning noyabrida Los-Anjelesda taqdim etilgan. Amerika kompaniyasi Cybertruck uchun yarim milliondan ortiq buyurtma olgan. Modelni xarid qilishni istaganlar 100 dollar miqdorida depozit qo‘yishlari kerak. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab ikkita elektromotorga ega, bir marta quvvatlanish orqali 500 kilometr yura oladigan Cybertruck sotuvga chiqadi. Tesla elektropikapining narxi 49 900 dollar.

Mavzuga doir: Tesla Cybertruck oddiy garajga sig‘maydi, biroq Ilon Mask uni kichraytirish niyatida emas



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют