» » Samarqandning Jomboy tumanida 40 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlandi

Samarqandning Jomboy tumanida 40 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlandi


11-sentabr kuni xalq deputatlari Jomboy tuman kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Jomboy tumani hokimligining axborot xizmati xabar qildi.

Yig‘ilishda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarini sanitar talablarga muvofiq birlamchi vositalar bilan ta’minlash, dezinfeksiya ishlarini tashkil etish, yangi o‘quv mavsumiga tayyorgarlik holatini muhokama qilish va ta’lim muassasalari faoliyatini tiklash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda tumandagi 56 ta umumta’lim maktabida 32 349 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Yangi o‘quv yilida 3 568 nafar bola 1-sinfga qabul qilingan.

Sessiya ishida deputatlarga axborot bergan Jomboy tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Z.Yusupova yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida 48 ta maktab jamoasidan 1 934 nafar o‘qituvchi tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilgani, tekshiruv natijasida 40 nafar pedagogda koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra virus yuqtirgan xodimlar ta’lim jarayoniga jalb etilmaydi, ular onlayn tarzda ish faoliyatini davom ettirishi mumkin. Yana 28 ta maktab o‘qituvchilaridan olingan test natijalari kutilmoqda.

Shuningdek, tumandagi maktablarda oraliq masofani saqlash, o‘quvchilarni zarur tibbiy vositalar bilan ta’minlash choralari ko‘rilgan. Har bir muassasada alohida tibbiyot xonasi tashkil etilgan. Ularda tibbiyot birlashmasidan biriktirilgan hamshiralar faoliyat yuritadi.

Sessiyada so‘nggi kunlarda koronavirusga chalinganlar sonining ortishidan kelib chiqib, yangi o‘quv yilini tumandagi ikkita – 34 va 38-umumta’lim maktablarida 14-sentabrdan emas, balki 16-sentabrdan tajriba-sinov sifatida boshlash taklif qilindi.

COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinish holati aniqlanmagan 12 ta maktabda darslarni 21-sentabrdan tegishli ketma-ketlikda boshlash mavzusi kun tartibiga qo‘yildi. Qolgan maktablar faoliyatini tiklash vaziyatdan kelib chiqib hal qilinishi tavsiya etildi.

Sessiyada maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri bergan axborot deputatlar tomonidan qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi. Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri D.Obloqulova hududdagi bolalar bog‘chalari faoliyatini 14-sentabrdan tiklashni taklif qildi.

Deputatlar tomonidan axborotda aynan qaysi MTMlar mavsumga tayyor ekaniga oydinlik kiritilmagani tanqid qilindi. Shuningdek, bu borada o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, ota-onalarning 44,7 foizi rozilik bildirishi qaror qabul qilish uchun kamlik qilishi aytildi.

Sessiyada maktablarda yangi o‘quv yilini 16-sentabrdan bosqichma-bosqich tarzda boshlash taklifi ma’qullandi. Tuman MTT mudirining axboroti deputatlar tomonidan rad etildi va keyingi sessiyalarda qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi. Jomboyda bog‘chalarning ochilishiga hozircha ruxsat berilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют