» » Senat “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Senat “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi


O‘zbekiston Senatining yettinchi yalpi majlisida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi va ma’qullandi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxs, shu jumladan, 100 mingdan ortiq 16 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bola istiqomat qilmoqda.

BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasining xalqaro standartlari va talablarini, shuningdek, “nogiron” so‘zi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs” atamasidan foydalanishni nazarda tutuvchi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi qonun mamlakatning yuqoridagi toifaga mansub vakillarining huquq va manfaatlarini ifodalashga xizmat qiladi.

Qayd etilishicha, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi, hozirda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga solishtirganda bu toifadagi fuqarolarga qator yangi imtiyozlardan foydalanish imkonini yaratmoqda.

Qonun kuchga kirishi bilan tibbiy tekshiruv komissiyalari faoliyati takomillashadi, murojaat qiluvchi 10 kalendar kunida xulosani oladi. Tibbiy tekshiruvlar bepul amalga oshiriladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar ambulator va statsionar rejimida imtiyozli davolanadi. Protez-ortopediya anjomlariga bo‘lgan ehtiyojlari qondiriladi.

Ta’kidlanishicha, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun binolarga kirib-chiqish uchun maxsus yo‘lakchalar, panduslar, jamoat transportida maxsus o‘rindiqlar, tushib-chiqish uchun bekatlarda ularga sharoitlar yaratiladi. Ular uchun ta’lim olishning barcha bosqichlarida qulayliklar ko‘zda tutiladi. Kasb-hunarga o‘rgatish, kollej va texnikumlarda ta’lim olishlari davlat hisobidan ta’minlanadi. Oliy ta’limda jami kontingentning 2 foizi miqdorida davlat grantlari ajratiladi.

Mahalliy hokimliklar nogironligi bo‘lgan shaxslar uy-joy sharoitini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi. Nikoh tuzish va oila qurish, bolalarni farzandlikka olish, bolalarni tarbiyalashga doir majburiyatlarni bajarishi chog‘ida yordam olish, shu jumladan, uyida va yashash joyida xizmatlar ko‘rsatilishi huquqi ta’minlanadi.

Davlat nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarga moddiy, maslahatga oid va boshqacha tarzda yordam beradi hamda ularni qo‘llab-quvvatlaydi.

Mavzuga doir: Nogironligi bor bo‘lgan shaxslar uchun “to‘siqsiz muhit”ni shakllantirishimiz lozim — Tanzila Norboyeva



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют