» » Tojikiston o‘z aholisini ta’minlash uchun O‘zbekistondan gaz import qilishni ko‘paytirmoqchi

Tojikiston o‘z aholisini ta’minlash uchun O‘zbekistondan gaz import qilishni ko‘paytirmoqchi


Tojkistonning gaz taqsimlash kompaniyasi O‘zbekistondan import qilinayotgan gaz bilan mamlakat aholisini ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Asia Plus” xabar berdi.

Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, birinchi navbatda O‘zbekistondan import qilinayotgan gazni Dushanbe va Xo‘jand shaharlari aholisiga yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq “Dushanbegaz” kompaniyasi magistral gaz quvuri yonida joylashgan poytaxtdagi ba’zi uylar O‘zbekiston gazini olayotganini ma’lum qilgan. Gap shundaki, bunday uylarni quvurga ulash uchun alohida xarajat talab qilinmagan.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda so‘nggi o‘n yilliklar davomida eskirgan infratuzilmani yangilash ishlari olib borilmoqda, shundan so‘ng gazdan boshqa iste’molchilar ham foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Kompaniya tomonidan qo‘shimcha qilinishicha, infratuzilmani yangilash uchun xavfsizlik masalasini hisobga olgan holda ko‘p xarajat talab qilinadi, chunki Dushanbedagi uylarda so‘nggi o‘n yillikda gaz bo‘lmagan.

Tojikistonning shimolidagi aholi va korxonalarni gaz bilan ta’minlovchi “Somon-So‘g‘dgaz” kompaniyasi 2020-yilning oxirigacha infratuzilmani tiklash ishlarini yakunlash rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Xo‘jand shahri, shuningdek, viloyatning boshqa shaharlari va tumanlari gaz bilan ta’minlanadi.

O‘zbekistondan Tojikistonga gaz yetkazib berish olti yillik tanaffusdan keyin 2018-yilning aprel oyida qayta tiklangan.

O‘zbekiston gazini Tojikistonga yetkazib berish 2019-yilda 2018-yilga qaraganda 2,6 barobarga yoki 55 million kubometrdan 140 million kubometrga oshgan. 2018-yilda O‘zbekistondan import qilingan gaz qiymati 6,9 million dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019-yilda uning qiymati 17,7 million dollarni tashkil qilgan.

O‘zbekiston gazining asosiy iste’molchisi Tojikiston alyuminiy zavodi hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston gazini boshqa bir qator kompaniyalar, jumladan, Dushanbe IES ham oladi.

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning sakkiz oyida Tojikiston O‘zbekistondan 139,5 million kubometr gaz oldi. Tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 2020-yilning oxirigacha Tojikistonga 200 million kubometr tabiiy gaz yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

2021-yilda Tojikistonga yetkazib beriladigan O‘zbekiston gazining hajmi va narxi 28—29-sentabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi hukumatlararo komissiya yig‘ilishida muhokama qilinadi.

Avvalroq O‘zbekiston Rossiyaga gaz eksportini to‘xtatgani, Xitoyga eksport uch baravar qisqargani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют