» » Ozbekistondagi 8 ta kodeks va 9 ta qonunga ozgartirish kiritish haqidagi hujjat senatorlar tomonidan maqullandi

Ozbekistondagi 8 ta kodeks va 9 ta qonunga ozgartirish kiritish haqidagi hujjat senatorlar tomonidan maqullandi


Senat azolari parlament yuqori palatasining yettinchi yalpi majlisida Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni korib chiqildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar qildi.

Qonun bilan 17 ta qonunga, xususan, 8 ta kodeks va 9 ta qonunga ozgartish va qoshimchalar kiritilmoqda. Ozbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksi, Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Bojxona kodeksi va Soliq kodeksi shular jumlasidan.

Qonunda Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish togrisidagi, Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish togrisidagi, Qimmatli qogozlar bozori togrisidagi Qurol togrisidagi va boshqa qonunlarga ozgartish va qoshimchalar kiritiladi.

Avval Xotin-qizlarni tazyiq va zoravonlikdan himoya qilish togrisidagi qonun bilan tasis etilgan himoya orderida nazarda tutilgan cheklovlarni bajarmaganlik uchun qonun hujjatlarida javobgarlik masalasi ochiq qolgandi. Shu bois tazyiq otkazishga va (yoki) zoravonlik sodir etishga moyil bolgan yoki ularni sodir etgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun mamuriy javobgarlik belgilandi.

Mavzuga doir:Ozbekistonda himoya orderi berilgan ayolning turmush ortogiga quroldan foydalanish huquqi taqiqlanishi mumkin

Davlat boji togrisidagi qonun yangi band bilan toldirilib, unga kora tazyiq va zoravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga yetkazilgan manaviy hamda moddiy zararning ornini qoplash togrisidagi davolar yuzasidan davogar fuqarolik ishlari boyicha sudlarda davlat bojini tolashdan ozod qilindi.

Shuningdek, kiritilayotgan ozgartirishlarga kora, Jinoyat kodeksining Mehnat qilish huquqini buzish uchun javobgarlik belgilovchi moddaning tegishli qismi yangi tahrirda bayon etilib, unga kora jabrlanuvchi taraf nafaqat yosh bolaning onasi, balki parvarish qilayotgan unga yaqin boshqa shaxs ham bolishi mumkinligi korsatildi.

Xalqaro shartnomalarda boshqacha shartlar kelishilmagan bolsa, xorijiy tashuvchilarga tegishli bolgan avtotransport vositalarida yuk va yolovchilarni respublikamiz hududida joylashgan punktlar ortasida tashish (kabotaj) taqiqlangan. Shu sababli Ozbekiston Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksi boshqa davlatlarda royxatdan otkazilgan yuklarni va (yoki) yolovchilarni tashish uchun moljallangan avtotransport vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanish uchun javobgarlik belgilangan yangi modda bilan toldirilmoqda.

Davlat ekologiya qomitasi inspektorlarining qonuniy faoliyatiga tosqinlik qilish, ularning korsatmalarini bajarmaslik va boshqa noqonuniy holatlarning koplab uchrayotganligini hisobga olib, javobgarlikni kuchaytirish maqsadida Ozbekiston Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksi yangi modda bilan toldirilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan maqullandi, deyiladi Senat axborot xizmatining xabarida.

Avval Senatningyettinchi yalpi majlisida Nogironligi bolgan shaxslarning huquqlari togrisidagi qonunningmaqullangani, Toshkent shahri tarkibida Yangihayot va Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanlarini tashkil etish haqidagi qarorlarning tasdiqlangani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (12-09-2020, 00:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
:
-
:
20 ... -