» » O‘zbekiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Shveysariyadan o‘tib ketdi

O‘zbekiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Shveysariyadan o‘tib ketdi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra 46 498 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Bu bilan O‘zbekiston dunyo ro‘yxatida Shveysariyani ortda qoldirib, 57-o‘ringa ko‘tarildi.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotiga ko‘ra, Shveysariyada koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46 239 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning 38 100 nafari sog‘aygan, 2020 nafari vafot etgan.

O‘zbekistonda esa koronavirusdan sog‘ayganlar 43 023 nafarga yetgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha 396 kishi vafot etgan.

Universitet bergan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 28 493 074 nafarga yetgan. Bemorlarning 19 217 468 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Umumiy ro‘yxatda kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (6 445 288) yetakchilik qilmoqda. Undan so‘ng Hindiston va Braziliya o‘rin olgan. Koronavirus oqibatida o‘lim holati ham eng ko‘p AQShda (193 016) qayd etilgan. Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarida Braziliya (130 396) va Hindiston (77 472) qayd etilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 11-sentabr kuni 593 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni 700 nafardan oshdi

Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo davlatlari orasida koronavirus bilan kasallanish holatlari eng ko‘p Qozog‘istonda qayd etilgan — 100 518 kishi, Qirg‘izistonda esa 44 761 kishida COVID-19 aniqlangan. Undan keyingi o‘rinlardan Afg‘oniston (31 154 kishi) va Tojikiston (8977 kishi) o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют