» » O‘zbekiston Dohada Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishladi

O‘zbekiston Dohada Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishladi


O‘zbekiston Qatar poytaxti Doha shahrida Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy bayonotida so‘z boradi.

“Umid qilamizki, afg‘onlararo muloqot o‘t ochishni barqaror to‘xtatishga olib keladi va natijada mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. O‘zbekiston ‘siyosiy jarayonlar faqat afg‘onlar tomonidan va Afg‘oniston xalqi rahbarligida olib borilishi lozim’ degan asosiy tamoyilga sodiq qoladi.

O‘zbekiston tomonlarning milliy yarashuvga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlari va intilishlarini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlaydi hamda do‘st Afg‘oniston xalqiga barqaror va farovon davlat barpo etishda har tomonlama yordam ko‘rsatishda davom etadi”, — deyiladi TIV bayonotida.

Avvalroq O‘zbekiston—AQSh—Afg‘oniston uch tomonlama hamkorlik mexanizmining Siyosat bo‘yicha quyi qo‘mitasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston afg‘onlararo muzokaralarning birini Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston afg‘onlararo inkluziv muzokaralar olib borish uchun 400 nafar “Tolibon” a’zosining ozod qilinishini olqishladi

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyi oxirlarida O‘zbekiston—AQSh—Afg‘oniston birinchi uch tomonlama majlisi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgandi. Unda COVID-19 pandemiyasi afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini berish, avvalo, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют