» » O‘rmon yong‘inlari Sibir qishloqlarini kulga aylantirmoqda

O‘rmon yong‘inlari Sibir qishloqlarini kulga aylantirmoqda


Rossiya FVV Sibirdagi yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha faoliyatini kuchaytirdi. Butun qishloq to‘liq yonib ketgan Irkutsk viloyatiga Il-76 va Be-200 samolyotlari yetib keldi, deb yozadi “Vesti.ru”.

Irkutsk, shuningdek, Buryatiya, Baykalorti va Krasnoyarsk o‘lkasiga 26 ming harbiy tashlangan. Quruq ob-havo va mahalliy aholining ehtiyotsizligi oqibatida har kuni yong‘inning yangi o‘choqlari yuzaga kelmoqda. Prezident farmoni bilan barcha jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatiladi.

Zima qishlog‘idagi yong‘in juda tez alanga olganligi ma’lum qilinmoqda. Aholi hujjatlar va qimmatbaho buyumlarni olishga zo‘rg‘a ulgurdi. Tezligi soatiga 140 kilometrni tashkil qilgan shamol tabiiy ofat ko‘lamini yanada kengaytirgan.

Yong‘in ko‘plab aholi punktlarida kechasi — odamlar uxlayotgan paytda yetib kelgan. Irkutsk qishlog‘i kabi, Buryatiyada ham Cheryomushki qishlog‘i butunlay yonib kulga aylandi.

O‘rmon yong‘inlari Sibir federal okrugining uchta subyektida hamon davom etmoqda. Irkutsk viloyatida 2 ming gektardan ortiq maydondagi 44 ta yong‘in o‘chog‘i bartaraf etilmoqda.

Krasnoyarsk o‘lkasida ham 50 ta yong‘in o‘chog‘i qayd etilgan. Buryatiyada yong‘in o‘choqlari kamroq bo‘lsa-da, olov ming gektardan ortiq maydonni egallagan.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют