» » Ohangaronda qop ichida giyohvand moddasini olib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Ohangaronda qop ichida giyohvand moddasini olib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi


Toshkent viloyati Ohangaron shahrida qop ichida giyohvand moddasini qonunga xilof ravishda olib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 28-avgust kunidan 29-avgust kuniga o‘tar kechasi Ohangaron shahar hududida olib borilayotgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida IIO va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan “VAZ -21013” rusumli avtomashina shubhali ko‘ringanligi sababli to‘xtatilgan.

Avtomashinaning yukxonasi haydovchi 20 yoshli J.A. ishtirokida tekshirib ko‘rilganda, 1 dona oq rangli polimer qop ichida ho‘l holdagi, o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli o‘simlik barglari borligi aniqlangan.

O‘simliklar kimga tegishli ekanligi surishtirilganda, ushbu qop avtomashina ichida bo‘lgan voyaga yetmagan 17 yoshli K.M.ga tegishli ekanligi aniqlangan hamda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, olingan o‘simliklar tarkibida faol tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi mavjud bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi ekanligi, uning og‘irligi esa 1 kilogramm 387 grammni tashkil qilganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют