» » O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlarida 90 nafar abituriyent tana harorati yuqoriligi sababli test sinovlariga kiritilmadi

O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlarida 90 nafar abituriyent tana harorati yuqoriligi sababli test sinovlariga kiritilmadi


O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga 2020/2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari 2-sentabrdan 13-sentabrgacha davom etdi. Ro‘yxatdan o‘tgan 1 304 194 nafar abituriyentdan 1 240 614 nafari, ya’ni 95,1 foizi test sinovlarida ishtirok etdi. Bu haqda 14-sentabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 63 580 nafar, ya’ni 4,9 foiz abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida qatnashmagan.

Shuningdek, jami 1187 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlaridan chetlatilgan. Shundan 548 nafari hududga kirishda, 639 nafari esa test sinovi jarayonida imtihondan chetlatilgan.

Ma’lum qilinishicha, 367 nafar abituriyent telefon olib kirishga uringan, 48 nafari shpargalka olib kirmoqchi bo‘lgan, 118 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirishga harakat qilgan, 10 nafari hujjat soxtalashtirgan. Shu sababli ular test sinovlaridan chetlatilgan.

Test jarayonida 491 nafar abituriyent telefondan, 68 nafari shpargalkadan foydalangani, 27 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirgani ma’lum bo‘lgan.

Shu bilan birga, 90 nafar abituriyentning tana harorati yuqori bo‘lgani uchun test sinovlariga kiritilmagan. Ular uchun 17-sentabr kuni test sinovlarini tashkillashtirish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют