» » Nurmat Otabekov: Ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi koronavirusning belgilaridan biri bo‘lishi mumkin

Nurmat Otabekov: Ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi koronavirusning belgilaridan biri bo‘lishi mumkin


Konyunktivit yani ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi koronavirus kasalligining belgilaridan biri bo‘lishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: COVID-19’ning asosiy klinik alomatlari va ularning kunlik jadvali e’lon qilindi

Jumladan, mutaxassis AOKA huzuridagi shtabga kelib tushgan “Hozirda koronovirusdan davolanmoqdaman. Bu davrda ko‘zim tez tez yoshlanmoqda. Shunday holat ham kuzatiladimi? Ko‘z bilan bog‘liq kasalliklarim yo‘q edi”, degan savolga izoh berib o‘tgan.

Tadqiqotchi olimlarning aniqlashicha, konyunktivit yani ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi koronavirus kasalligining belgilaridan biri bo‘lishi mumkin. Koronavirus burun shilliq qavatida aniqlanishdan bir hafta o‘tganidan keyin ko‘z shilliq qavatida aniqlanishini italyalik olimlar o‘zlarining tadqiqotlarida aniqlashgan, shuning uchun koronavirus bilan ishlayotgan shifokorlarni nafaqat burun va og‘iz, ko‘zlarni ham himoya qilish haqida ogohlantirishgan. Xitoylik shifokorlarining tajribasida ham koronavirus bilan davolanayotgan bemorlarning 1 foiz holatda konyunktivit aniqlangan.

Nurmat Otabekov, Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva koronavirusning eng ko‘p uchraydigan belgilarini foizlar nisbatida ma’lum qilgan, virusning boshqa shamollash va o‘tkir respirator kasalliklardan farqli bo‘lgan jihatlari, eng erta paydo bo‘ladigan alomati aytilgan edi. Koronavirusga qarshi kurash shtabining yana bir a’zosi Barno Abdusamatova esa koronavirus infeksiyasi turli shakllarda o‘tishi va doim ham o‘pkaga zarar yetkazmasligini aytgandi. Shuningdek, u kasallik ko‘p hollarda umuman simptomlarsiz kechishi, ya’ni test natijasi musbat bo‘lsa-da, kishi hech qanday alomatlarni sezmasligi va bunday virus tashuvchisi tekshirilganda organizmda hech qanday o‘zgarish aniqlanmasligini bildirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют