» » COVID-19’ga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga kelgan rossiyalik shifokorlarning missiyasi nihoyasiga yetdi

COVID-19’ga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga kelgan rossiyalik shifokorlarning missiyasi nihoyasiga yetdi


O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun 16-avgust kuni kelgan 40 nafar rossiyalik shifokorning missiyasi nihoyasiga yetdi. SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, 15-sentabr kuni ularni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Reanimatolog, pulmonolog, infeksionist, virusolog, kardiolog, endokrinolog kabi mutaxassislar bir oy davomida koronavirusga chalingan bemorlarni davolash muassasalarida O‘zbekistondagi shifokorlar bilan hamkorlikda ish olib bordi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikalari, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalingan ahvoli og‘ir bemorlarni davolashda ishtirok etish bilan birgalikda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi yuqumli kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarda shifokorlar bilan yelkama-yelka faol ish olib borib, ming nafardan ziyod bemorga tibbiy yordam ko‘rsatdi.

Rossiyalik mutaxassislar qizil hududlarda faoliyat yuritish bilan bir qatorda videokonferensaloqa orqali bemorlarni davolash bo‘yicha zarur tibbiy maslahatlar berdi, tibbiyot xodimlari uchun vebinarlar o‘tkazib, davolash protokollarini mukammallashtirish maqsadida o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

“O‘zbekistonlik hamkasblarimiz ham bu sohada yetarlicha tajriba to‘plaganliklarini namoyon qildilar, ular bilan birgalikda virusni yengish yo‘lida olib borgan hamkorlikdagi sa’y-harakatlarimiz o‘z samarasini beradi, degan umiddamiz”, — degan N.I. Pirogov nomidagi milliy tibbiy xirurgiya markazi reanimatolog-anesteziolog shifokori Vladimir Kokuyev.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistondagi bir oylik missiyasini samarali olib borgani uchun delegatsiya rahbari bo‘lmish Rossiyada xizmat ko‘rsatgan shifokor, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Zamyatinga “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi faxriy professori unvoni topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga shu vaqtgacha koronavirusga qarshi kurashda yordam berishda rossiyalik shifokorlardan tashqari koreyalik professor — epidemiolog Soy Chje Uk, yana bir koreyalik anesteziolog-reanimatolog, 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassisidan iborat guruh, bir qancha turkiyalik mutaxassislar, Germaniyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislaridan bo‘lmish professor Verner Ber faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют