» » Koronavirusga chalingan bolalar kelajakda farzand ko‘ra olmasligi haqidagi mish-mishlarga javob berildi

Koronavirusga chalingan bolalar kelajakda farzand ko‘ra olmasligi haqidagi mish-mishlarga javob berildi


Bolalarda koronavirus aniqlansa, kelajakda farzand ko‘ra olmasligi haqidagi taxminlar ehtimoldan yiroq. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov tomonidan ma’lum qilingan.

Bitta aniq fikrga keladigan bo‘lsak, koronavirus kasalligi chaqirgan klinik belgilar va uning asoratlarida farzand ko‘rish bilan bog‘liq a’zolarda asoratlar kuzatilmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, koronavirus kasalligining qo‘zg‘atuvchisida farzand ko‘rish bilan bog‘liq a’zolar faoliyatiga jiddiy ta’sir qilmaydi. Farzand ko‘rmaslik yoki bepushtlik ehtimoldan yiroq holatlar. Bu — yangi kasallik, alohida bir izlanishlar olib borilgan emas. Mabodo qaysidir davlatda alohida kuzatuvlar bo‘ladigan va natijalari e’lon qilinadigan bo‘lsa, bu ma’lumotlar sizga ham yetkaziladi.

Nurmat Otabekov, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Anvar Alimov koronavirus xotin-qizlarda bepushtlik chaqirishi ehtimoli borligini aytgandi. Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko esa koronavirus infeksiyasi bepushtlikka olib kelishi mumkinligi haqida ishonchli dalillar yo‘qligini bildirgan. Koronavirusga qarshi kurash shtabining yana bir a’zosi, professor Habibulla Oqilov esa homilador ayol va uning homilasiga koronavirus infeksiyasining ta’siri to‘g‘risida dalillarga asoslangan ilmiy xulosalar yo‘qligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют