» » AQShning 33-prezidentiga tegishli bo‘lgan Lincoln limuzini auksionga qo‘yildi

AQShning 33-prezidentiga tegishli bo‘lgan Lincoln limuzini auksionga qo‘yildi


Amerikaning Pensilvaniya shtatida Classic Cars auksioni orqali 1950-yilda ishlab chiqarilgan Lincoln Cosmopolitan sotuvga qo‘yildi. AQShning 33-prezidenti Garri Trumenning buyurtmasi asosida yaratilgan limuzin 160 ming dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.

1945-yilda AQSh prezidenti etib saylangan Garri Trumen bir necha yildan keyin General Motors’dan Oq uy avtoparki uchun o‘nta avtomobil yasab berishni so‘ragan. Biroq 33-davlat rahbarining radikal siyosati sabab Amerika avtomobilsozlik kompaniyasi mashina yig‘ishdan bosh tortadi. Shu munosabat bilan Oq uy rahbariyati 10 ta Lincoln Cosmopolitan limuzinlarini ijaraga oladi, ularning har biri Amerika prezidentining xavfsizlik talablariga javob bergan.

Auksionga qo‘yilgan Lincoln’dan shaxsan Garri Trumenning o‘zi Nyu-Yorkka tashrifi vaqtida foydalangan. Limuzin kattalashtirilgan 368 santimetrli g‘ildiraklar bazasiga ega. Shu sababli uning saloniga 7 kishi bemalol sig‘a oladi. Shuningdek, avtomobilning o‘ziga xos xavfsizlik talablariga ko‘ra, u qo‘shimcha zirh bilan qoplangan. Bu esa mashina og‘irligini 2,7 tonnaga yetishiga olib kelgan.

Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, limuzin ajoyib holatda saqlangan. 1990-yilda limuzin to‘liq restavratsiyadan o‘tgan va 2001-yilga qadar Florida muzeyi ko‘rgazmalarida ishtirok etgan. Lincoln Cosmopolitan kapoti ostidan 152 ot kuchiga ega 5,5 litrli V8 motori o‘rin olgan. Agregat uch pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Retro avtomobilning maksimal tezligi soatiga 150 kilometrga yetadi.

Avvalroq AQShda Iordaniya qirolining zirhli limuzini katta chegirma bilan sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: AQShda Xitoy tashqi ishlar vaziriga tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz 600 LWB Pullman sotuvga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют