» » Namanganda urush faxriylariga Prezident tabriknomalari yetkazilmoqda

Namanganda urush faxriylariga Prezident tabriknomalari yetkazilmoqda


Namangan viloyatida Ikkinchi jahon urushi faxriylariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabriknomalari yetkazilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Ikromxon Najmiddinov hamrohligida Yangiqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, Akbarali ota Sodiqov va Topildi ota Madrahimovlar xonadonini yo‘qladi. Faxriylarga Prezident tabriknomasi yetkazildi. 2 million so‘mdan pul mukofoti va Artel gaz plitalari topshirildi.

— Yangiqo‘rg‘ondan 6,5 ming kishi Ikkinchi jahon urushiga otlangan, — deydi “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Mavlonjon Abdullayev. — Ulardan 2075 kishi uyiga qaytib keldi. Hozirgi kunda bu safda 13 nafar faxriy qoldi. Ularni qancha ardoqlasak, ko‘ngillarini olsak, shuncha kam.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют