» » Mikroto‘lqinli pech nimalarga qodir? Ishingizni osonlashtiradigan 10 layfxak

Mikroto‘lqinli pech nimalarga qodir? Ishingizni osonlashtiradigan 10 layfxak


Mikroto‘lqinli pech faqatgina taom va yeguliklarni isitish uchun yordam beradi, deb o‘ylaganlar fikri quyidagi ma’lumotlardan keyin o‘zgarishi aniq.

Maktubdagi markani ko‘chirish

Bir ikki tomchi suv tomizib konvertni 20 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. So‘ngra ehtiyotkorlik bilan markani ko‘chiring.

Yong‘oq qovurish

Likopchaga bir choy qoshiq o‘simlik yog‘i va yong‘oq soling. Likopchani 3-8 daqiqaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.

Idish yuvadigan gubkani tozalash

Gupkani suv bilan namlab, mikroto‘lqinli pechga 2 daqiqaga qo‘ying. Bu orqali siz bakteriyalarni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lasiz.

Yumshab qolgan kartoshka chipslarini qattiqlashtiradi

Idish ochiq qolishi natijasida kartoshka chipslari yumshab qolishi mumkin. Yechim topish uchun chipslarni qog‘oz sochiqqa qo‘yib, biroz vaqtga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.

Taxtakachni tozalash

Suratdagidek taxtakachni tozalash uchun uning har ikki tomoniga limon bo‘lagini surting va bir necha daqiqaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.

Pomidor yoki boshqa po‘sti qalin sabzavotlarni qizdirish

Po‘sti qalin mahsulotlarni mikroto‘lqinli pechda isitishda sanchqi yoki pichoq bilan bir-ikki yeridan tilish kerak bo‘ladi.

Mikroto‘lqinli pechning ichki qismini tozalash

Limonni o‘rtasidan bo‘lib, suvli idishga soling va 5 daqiqaga pech ichiga qo‘ying. Shundan keyin nam latta bilan ortiqcha urinishsiz mikroto‘lqinli pech ichini tozalashingiz mumkin.

Omlet tayyorlash

Tuxum chaqing va pishloq, sut, tuz, murch hamda omlet uchun kerakli boshqa mahsulotlarni qo‘shib, 45 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Aralashmani olib yaxshilab aralashtiring va yana 45 soniyaga qo‘ying. Nonushta tayyor.

Piyoz po‘stini “yig‘latmaydigan” qilib archishga yordam beradi

Buning uchun piyozning tepa qismini olib, 30 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘yishning o‘zi kifoya qiladi.

O‘t va ko‘katlarni quritish

Istalgan ko‘katni quruq holda ishlatish uchun karton yoki qog‘oz ustiga qo‘yib, 30 soniya pechda quritish kerak. Keyin ko‘katlarni o‘girib, yana 2-4 daqiqaga qo‘ying.

Sarimsoqpiyoz po‘stini archish

Sarimsoqpiyozni 15 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Pech ichida po‘sti o‘z-o‘zidan archiladi.

Nonni yumshatadi

Qotgan nonni yumshatish uchun nam sochiqqa nonni o‘rab, 10 soniyaga mikroto‘lqinli pech ichiga qo‘ying.

Yasmiq, loviya singari donli mahsulotlarning tezroq ivishiga yordam beradi

Ba’zi taomlar uchun donli mahsulotlarni ivitib qo‘yish talab etiladi. Vaqt ketkazishni istamaganlar uchun donli mahsulotni suv va bir chimdim osh sodasi qo‘shilgan idishga solib, mikroto‘lqinli pech ichiga qo‘ying.

Pomidor yoki shaftoli po‘stini archish

Pomidor yoki shaftolini 30 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. 2 daqiqadan so‘ng po‘sti tez va oson archilishiga guvoh bo‘lasiz.

Limon sharbati tayyorlashning oson usuli

Limondan sharbat tayyorlash oson bo‘lish uchun avvaliga uni 10-20 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Bunda sharbatni siqish oson bo‘ladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют